O‘zbekistonliklar Konstitutsiya bayramida necha kun dam oladi? Sahifada ushbu savolga javob olishingiz mumkin.
Bu yil 8-dekabr — Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun haftaning dushanba kuniga toʻgʻri keladi.
Shunga koʻra, bayram arafasida dam olish kunlari quyidagicha boʻladi:
Konstitutsiya kuni munosabati bilan haftada 5 kun ishlaydiganlar odatiy 3 kun:
6 dekabr — Shanba;
7 dekabr — Yakshanba;
8 dekabr — Dushanba (Konstitutsiya, ya’ni bayram kuni) kunlari dam oladi.
✅Haftada 6 kun ishlaydiganlar esa 2 kun:
7 dekabr — Yakshanba;
8 dekabr — Dushanba (Konstitutsiya, ya’ni bayram kuni) kunlari dam oladi.
Eslatib o‘tamiz, 8 dekabr kuniga to‘g‘ri kelib qolgan dars mavzulari ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.





