“Mening maktabim” loyihasining 2025/2026-o‘quv yilidagi 1-bosqichi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi.
“Mening maktabim” loyihasining 2025/2026-o‘quv yilidagi 1-bosqichi doirasida ovoz berish jarayonlari 20-noyabr soat 23:59 ga qadar davom etadi.
🗳 “Mening maktabim” loyihasi doirasida ovoz berish tartibi (Qo‘llanma)
Mazkur video orqali “Mening maktabim” loyihasida qay tarzda ovoz berish mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, ovoz berish bosqichi joriy yilning 20-noyabriga qadar o‘tkaziladi.
“Ochiq budjet” portalida maktabingizdagi o‘zingiz muhim deb bilgan loyihaga ovoz bering!
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil uchun “Ochiq budjet” portalida jamoatchilik ishtirokida o‘tkaziladigan loyihalar taqvimi e’lon qilgan edi.
Taqvimga ko‘ra,
🟣 22–31-oktabr kunlari — loyihalarni shakllantirish;
🟣 1–10-noyabr kunlari — loyihalarni saralash;
🟣 11–20-noyabr kunlari — ovoz berish bosqichlari o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, “Mening maktabim” loyihasida 5-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan har bir oʻquvchi oʻzi taʼlim olayotgan umumtaʼlim maktabiga doir loyihalarni ilgari surishi hamda ushbu loyihalarga ovoz berishi mumkin.
✔️ Ma’lumot uchun: 3 va 5-toifaga kiritilgan tuman (shahar)lar joriy yilning dekabr – 2026-yil yanvar oylarida “Mening maktabim” loyihasining 2-bosqichida ishtirok etadi.





