14–21-oktabr kunlari 5–11-sinf o‘quvchilari uchun 1-chorakning DEMO CHSBlari o‘tkaziladi. Emaktab rasmiy kanalida bu jarayon haqidagi dolzarb savollarga javob berildi.
Quyida oʻquvchilar uchun dolzarb boʻlgan maʼlumotlar:
- Qaysi fanlardan CHSB topshiriladi (sinflar kesimida);
- Qanday tayyorgarlik ko’rish mumkin?
Qaysi fan boʻyicha ChSB topshiriladi?
5-7 sinflar:
- Matematika;
- Ona tili (Rus tili / Oʻzbek tili / Qoraqalpoq tili).
8-sinf:
- Algebra;
- Fizika.
9-sinf:
- Algebra;
- Biologiya.
10-sinf:
- Algebra;
- Kimyo.
11-sinf:
- Algebra;
- Taʼlim yoʻnalishiga qarab chet tili (ingliz, nemis, fransuz tili).
❗️Topshiriqni faqat ushbu fan boʻyicha shu sinfda dars beradigan fan oʻqituvchisi tomonidan berilishi mumkin va administrator vazifa berish huquqiga ega bo‘lmaydi;
📹 Yo‘riqnoma: BSB/CHSBni sinf jurnali orqali berish
📹 Yo‘riqnoma: Jurnalda o‘tkazilgan CHSB vazifalari uchun baholarni qanday ko‘rish va qo‘yish mumkin?
📹 Yo‘riqnoma: Raqamli CHSB ni yechish
❓Qo’shimcha savollar uchun Telegram-bot mavjud:
https://t.me/emaktabuz_bot
⌛️ eMaktab onlayn-trenajyorlari bilan CHSBga tayyorgarlikni hozirdanoq boshlang👇





