18 mart kuni 5-11 sinf o‘quvchilari uchun online ChSB qayta o’tkazilmoqda. O‘quvchilar boshqa variantni qayta topshirishlari kerak.
Qayta topshirish uchun 3-variant mavjud.
CHSB-3 ni tezkor qidirish uchun sinf jurnaliga o‘ting, kerakli ishni tanlang va Berish tugmasini bosing -> Havola
Qayta topshirish kimlar uchun ruxsat etiladi?
Qayta topshirish barcha sinf o‘quvchilari uchun quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
1️⃣ 0 dan 12 ballgacha olgan o‘quvchilar
– Qoniqarsiz natijani yaxshilash maqsadida qayta topshirishga ruxsat beriladi.
2️⃣ Sababli yoki texnik sabablarga ko‘ra CHSBni o‘tkazib yuborgan o‘quvchilar
– Tegishli tasdiqlovchi hujjatlar (spravka, akt va h.k.) mavjud bo‘lishi kerak.
3️⃣ Sababsiz CHSBni o‘tkazib yuborgan o‘quvchilar
– Sababsizlik holati aktda qayd etiladi.
– Maksimal ball: 26 ballgacha.
➡️ Markazlashgan CHSBni tezkor qidirish uchun quyidagi havolaga o‘ting: https://emaktab.uz/journal/default?assignSorch=true
❗️Topshiriqni FAQAT ushbu fan boʻyicha shu sinfda dars beradigan fan oʻqituvchisi tomonidan berilishi mumkin va administrator vazifa berish huquqiga EGA BO‘LMAYDI;
◀️ Yo‘riqnoma: Barcha sinflar uchun onlayn qayta topshirishni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma
Qo’shimcha savollar uchun Telegram-bot mavjud: 🔗https://t.me/emaktabuz_bot





