Axborot ham, boshqa ko‘pgina tushunchalar (masalan, vaqt, ish, harorat, masofa va h.k) kabi o‘lchanadi. Ammo uning o‘lchov birligi siz bilan matematika yoki fizika kursida tanishgan o‘lchov birliklarimizdan farq qiladi.
Axborotni o‘lchash uchun unda ishtirok etgan harf, raqam va boshqa belgilar 0 va 1 raqamlaridan iborat kod bilan almashtiriladi. Masalan, 3 raqami — 00000011 kabi; 8 raqami — 00001000 kabi; A harfi — 01000001; m harfi esa — 01101101 kabi ifodalanadi.
Axborotning eng kichik o‘lchov birligi sifatida bit qabul qilingan. Bit axborotning raqamli ifodasidagi 0 yoki 1 belgisi bo‘lib, ingliz tilidagi «binary digit» so‘zlaridan olingan va «ikkilik raqami» degan ma’noni anglatadi. Masalan: 100101101 da 9 ta bit bor, chunki unda 9 ta raqam (0 va 1) ishtirok etmoqda.
Bitdan kattaroq o‘lchov birligi sifatida bayt qabul qilingan: 1 bayt = 8 bit. Masalan: 11011011 da 1 bayt axborot bor, chunki unda 8 ta bit (raqam) qatnashmoqda, 1011010100100011 da esa 2 bayt axborot bor, chunki unda 16 ta bit (raqam) qatnashmoqda.
Axborotda qatnashgan har qanday belgi 1 bayt hajmli deb hisoblanadi. Masalan, “B” harfi 1 bayt hajmga ega; “MA” esa 2 bayt hajmli; “MAS” 3 bayt hajmli va h.k.
Baytdan katta o‘lchov birligi ham mavjud. U kilobayt (KB) deb nomlanadi va 210 baytga teng: 1 KB = 210 bayt = 1024 bayt. Kilobaytdan katta o‘lchov birliklari ham qabul qilingan bo‘lib, ular megabayt (MB), gigabayt (GB), terabayt (TB), petabayt (PB) kabi belgilangan:
1 Mb = 210 Kb = 1024 Kb = 1024 х 1024 bayt = 1048576 bayt = 1048576 х 8 bit = 8388608 bit;
1 Gb = 210 Mb = 1024 Mb = 1024 х 1024 Kb = 1024 х х 1024 х 1024 bayt = 230 bayt;
1 Tb = 210 Gb = 1024 Gb = 1024 х 1024 Mb = 1024 х х 1024 х 1024 х 1024 bayt = 240 bayt;
1 Pb = 210 Tb = 1024 Tb = 1024 х 1024 Gb = 1024 х х 1024 х 1024 х 1024 х 1024 байт = 250 bayt.
Demak, 1 Pb hajmli axborotda 250 ta belgi ishtirok etar ekan.
|
|
|
|
|
|
|
|
1 Gigabayt |
|
1 Terabayt |
|
1 Petabayt |
|
1 Eksabayt |
|
1 Zetabayt |
|
1 Yotabayt |
|
1 Brontobayt |
|
1 Geopbayt |
|
1 Geopbayt eng katta axborot miqdori hisoblanadi.
Axborot tezligi
Ma’lumki, axborot ustida uzoq masofaga uzatish amali bajarilishi mumkin. Axborotni kompyuter yordamida uzatish uchun esa sarflanadigan vaqt uning hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Axborotning vaqt birligi ichida uzatilgan miqdori axborotni uzatish tezligi deb ataladi. Axborot uzatish tezligining birligi sifatida bod kiritilgan: 1 bod = 1 bit/1 sekund.
Masalan, 120 megabayt axborot 8 minutda uzatilgan bo‘lsin. U holda axborot uzatish tezligini quyidagicha hisoblash mumkin:
120 MB/8 daqiqa =122880 KB/8 daqiqa = 15360 KB/soniya = 15728640 bayt/daqiqa = 262144 bayt/soniya = 2097152 bit/soniya = 2097152 bod.
Hozirgi kunda axborot uzatish tezligining birliklari sifatida quyidagilar ishlatiladi:
64 kbit – 8 kbayt/soniya
128 kbit – 16 kbayt/s
256 kbit – 32 kbayt/s
512 kbit – 64 kbayt/s
1 mbit – 128 kbayt/s
2 mbit – 256 kbayt/s
4 mbit – 512 kbayt/s
8 mbit – 1024 kbayt/s
16 mbit – 2048 kbayt/s
Misol tariqasida sizning internet tezligingiz provayder tomonidan 2 mbit deya belgilangan bo‘lsa, demak siz bir soniyada 256 kbayt ma’lumotni kompyuteringizga yuklab olishingiz mumkin.
Bayt va uning miqdorlari
Bit qiymati 1 va 0 ga teng.
Bayt bu bir harf demakdir.
Kilobayt bu 1,024 bayt.
Megabayt bu 1,048,576 bayt yoki 1,024 kilobayt.
Gigabayt bu 1,073,741,824 (230) bayt, yoki 1,024 Mb yoki 1,048,576 Kb.
— 341 raqamli surat (o‘rta hisobdagi hajmi 3 Mb);
— 256 mp3 audio fayllar (o‘rta hisobdagi hajmi 4 Mb);
— 1 CD-disk (hajmi 730 Mb).
Terabayt bu 1,099,511,627,776 (240) bayt, 1024 Gb yoki 1,048,576 Mb.
— 349,525 ta raqamli surat (xar birining o‘rta hisobdagi hajmi 3 Mb);
— 262,144 ta MP3 audio fayl (bittasining o‘rta hisobdagi hajmi 4 Mb);
— 1613 ta CD-disklar (bittasining hajmi 730 Mb);
— 233 ta DVD-disklar (bittasining hajmi 4.38 Gb);
— 40 Blu-ray disklar (bittasining hajmi 25 Gb).
Petapayt bu 1,125,899,906,842,624 (250) bayt, 1024 Tb yoki 1,048,576 Gb.
— 357,913,941 ta raqamli surat (xar birining o‘rta hisobdagi hajmi 3 Mb);
— 268,435,456 ta MP3 audio fayllar (o‘rta hisobdagi hajmi 4 Mb);
— 1,651,910 ta CD-disk (bittasining hajmi 730 Mb);
— 239,400 ta DVD-disk (bittasining hajmi 4.38 Gb);
— 41,943 ta Blu-ray disk (bittasining hajmi 25 Gb).
Eksabayt bu 1,152,921,504,606,846,976 (260) байт, 1,024 Pb, ёки 1,048,576 Tb.
— 366,503,875,925 ta raqamli surat (har birining o‘rta hisobdagi hajmi 3 Mb)
— 274,877,906,944 ta mp3 audio fayl (har birining o‘rta hisobdagi hajmi 4 Mb)
— 1,691,556,350 ta CD-disk (hajmi 730 Mb)
— 245,146,535 ta DVD-disk (hajmi 4.38 Gb)
— 42,949,672 ta Blu-ray disk (hajmi 25 Gb).
Zettabayt bu 1,180,591,620,717,411,303,424 (270) bayt, 1024 Eb yoki 1,048,576 Pb.
— 375,299,968,947,541 ta raqamli surat (har birining o‘rta hisobdagi hajmi 3 Mb)
— 281,474,976,710,656 ta mp3 audio fayl (har birining o‘rta hisobdagi hajmi 4 Mb)
— 1,732,153,702,834 ta CD-disk (har birining hajmi 730 Mb)
— 251,030,052,003 ta DVD-disk (har birining hajmi 4.38 Gb)
— 43,980,465,111 ta Blu-ray disk (har birining hajmi 25 Gb).
Yottabayt bu 1,208,925,819,614,629,174,706,176 (280) bayt, 1024 ZB, yoki 1,048,576 Eb.
— 384,307,168,202,282,325 ta raqamli surat (har birining hajmi 3 Mb);
— 288,230,376,151,711,744 ta mp3 audio fayl (har birining hajmi 4 Mb);
— 1,773,725,391,702,841 ta CD-disk (har birining hajmi 730 Mb);
— 257,054,773,251,740 ta DVD-disk (hajmi 4.38 Gb);
— 45,035,996,273,704 ta Blu-ray disk (har birining hajmi 25 gb).
Brontobayt bu 1090 bayt, 1024 Yb yoki 1,048,576 Zb.
Geopbayt bu 1010 bayt, 1024 Bb yoki 1,048,576 Yb.
Qiziqarli fakt (!): 1 brontobayt ma’lumotni kompyuter klaviaturasida 1 daqiqada o‘rta hisobda 200ta belgi tezligida kiritgan taqdirda ham judayam ko‘p vaqt kerak buladi, abadiy vaqt desa ham bo‘ladi. Olimlarning hisoblab ko‘rishlaricha 1 brontobayt ma’lumotni yozish uchun 1 023 429 309 925 083 mln. yil kerak bo‘ladi!(Sekstillion yildan ortiq vaqt – 10◄21). Bu muddat koinotimiz yoshidan milliard marta ko‘p deganidir!
Axborot miqdori haqida yetarlicha ma’lumot berishga harakat qildik, agar sal bo‘lsada yangi foydali ma’lumot olgan bo‘lsangiz, o‘zimizni baxtiyot xis etamiz. Saytimizni kuzatib boring, bundanda qiziqarli ma’lumotlar berishni rejalashtirganmiz!
Rus tilidan Shahzod Shukurov tarjima qildi.