O‘quvchilar uchun diktantlar to‘plami (2-8 sinf) - Ta’lim / Образование

O‘quvchilar uchun diktantlar to‘plami (2-8 sinf)

Diktant (lotinchadan dictoaytaman) — bilimlarni mustahkamlash va sinovdan o‘tkazish, o‘quvchilarning til bilan bog‘liq mahoratini oshirish uchun qo‘llaniladigan yozma ish turlaridan biri. Diktant imlo va tinish belgilarini o‘qitishda keng qo‘llaniladi. Diktantning bir necha turlari mavjud.

sbornik_diktantov_diktant_ruchka_tetrad_daftar_230

Diktant va uning turlari

Umumta’lim maktablari o‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutqini o‘stirishda, yozma nutqning savodli va to‘g‘ri bo‘lishida diktantlarning ahamiyati katta. O‘quvchining eshitib idrok qilingan so‘z, gap, matnni yoshi diktant hisoblanib, o‘quvchi diktant yozayotganda xato qilmaslik uchun imlo va tinish belgilarining ishlatilishiga doir qoidalarga amal qilishga harakat qilinadi.

Darhaqiqat, diktant vazifasiga ko‘ra asosan ikki turga ajratiladi:

  • Ta’limiy diktant;
  • Nazorat diktant.


Ta’limiy diktant

Ta’limiy diktantlar o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan har bir darsning 5-10 daqiqasi davomida va ba’zan to‘liq dars jarayonida o‘zlashtirilgan bilimni mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, ta’limiy diktant o‘tkazilish va bajarilish usullariga ko‘ra bir necha turga ajratiladi:

  • ta’kidiy diktant;
  • saylanma diktant;
  • erkin diktant;
  • lug‘at diktant;
  • rasmli diktant;
  • ijodiy diktant;
  • izohli diktant kabi turlariga.


Nazorat diktant

Nazorat diktanti o‘quvchilarning yaqinda yoki ilgari o‘rganilib, mashqlar bilan mustahkamlangan bilimlarni o‘quvchilar qay darajada o‘zlashtirganliklarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Nazorat diktantlar asosan har chorak oxirida, ba’zan bilimlar o‘rganilgandan so‘ng ham o‘tkazilib turiladi.

Nazorat diktanti shunisi bilan muhimki, o‘quvchilarning diktant yozish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolari chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf qilish usullari belgilanadi. Shu jihatdan nazorat diktantning ta’limiy ahamiyati katta.

 

 

 

 

 


Leave a Reply