O‘qituvchi va o‘g‘irlangan soat (Ibratli hikoya) - Ta’lim / Образование

O‘qituvchi va o‘g‘irlangan soat (Ibratli hikoya)

Bir kuni yosh yigit yo‘lovchilar orasida o‘zining boshlang‘ich sinfda o‘qitgan o‘qituvchisini tanib qolibdi.

O‘qituvchi va o‘g‘irlangan soat (Ibratli hikoya)

U keksa o‘qituvchining oldiga kelib:
— Siz meni tanidingizmi? Men sizning o‘quvchingiz bo‘lganman.
— Xa, men seni uchinchi sinf o‘quvchisi sifatida taniyman. Hozirda nima ish qilyapsan?
— Men o‘qituvchiman.
— Bu tanlovga seni nima majbur qildi?
— Nima emas, kim. Siz.
— Qanday qilib men seni bu kasbni tanlashinga ilhomlantirib yubordim.
— Shunday ta’sir o‘tkazdingizki, yosh o‘quvchilarini tarbiyalashga menda hoxish paydo bo‘ldi.
— Kechirasanku, men senga qanday ta’sir o‘tkazdim?
— Bunday olib qarasak sizning esingizda yo‘q. Xotirangizga tiklashga ruxsat berasiz.

Bir kuni mening sinfdoshim qo‘liga chiroyli soat taqib kelgan edi. Unga ota-onasi tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilishgan ekan. U soatni yechib partani qutisiga solib qo‘ydi. Men shunday soat bo‘lishini orzu qilar edim. Chiday olmasdan uning partasidan olib qo‘ydim. O‘shanda o‘sha bola ko‘z yoshi qilib sizning oldingizga kelib, soati yo‘qolganini aytgan edi. Siz nigohingiz bilan bizga qarab “Kim shu bolaga tegishli bo‘lgan soatni olgan bo‘lsa, tezda qaytarib bersin”.



Tan olmasligimga qaramasdan, menga juda ham uyat bo‘ldi, soatsiz qolishni hoxlamas edim. Eshik tomonga borib, uni ichki tomondan yopib qo‘ydingiz va bizga devor tomonga yuzlanib bir qatorga terilib turishimizni aytingiz.” Men sizlarning cho‘ntaklaringni ko‘zlaring yumilgan xolda tekshirishim kerak”, deb ogohlantirdingiz. Biz gapingizga kirdik. Shu payt men uchun hayotimdagi eng uyatli lahza bo‘lganini sezdim.

Siz o‘quvchidan o‘quvchiga, cho‘ntakdan cho‘ntakga o‘tib borardingiz. Mening yuragim hovliqib borar edi. Cho‘ntagimdan soatni olib harakatlanishni qator tugaguncha davom ettirdingiz. Keyin siz – “Bolalar, hammasi joyida. Ko‘zlaringni ochib joylaringa borib o‘tirishlaring mumkin”, – dedingiz. Siz soatni egasiga qaytarib va bu voqea bo‘yicha hech nima demadingiz.



Shu kuni siz meni sha’nimni va mening qalbimni saqlab qoldingiz. O‘g‘ri, yolg‘onchi, keraksiz bola kabi dog‘ tushishidan qutqardingiz. Xattoki bo‘lib o‘tgan voqea bo‘yicha men bilan gaplashmadingiz. Vaqt o‘tishi bilan nimaga bunday qilganingizni tushundim. Haqiqiy o‘qituvchi sifatida yosh, xali to‘liq shakllanmagan o‘quvchini sha’niga dog‘ tushishini istamagansiz. Shuning uchun men ham o‘qituvchi bo‘ldim.

Bo‘lib o‘tgan voqea taasurotlari ostida ikkalasi jim qoldi. Keyin yosh pedagog o‘qituvchisidan so‘radi:

— Agar siz meni bugun tanigan bo‘lsangiz, o‘sha bo‘lib o‘tgan voqeada negadir meni tanimadingiz?
— Gap shundaki, o‘shanda men sizlarni cho‘ntaklaringizni yumuq ko‘z bilan tekshirgan edim…