Qanday hollarda maktabda o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi? Sahifada ushbu savolga javob topasiz.
Qonunchilikka ko‘ra, malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan quyidagi hollarda sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi:
— o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-11 sinflarida “Chet tili” fani;
— ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar;
— 5-11 sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari”;
— 8-11 sinflarda “Jismoniy tarbiya”;
— 5-9 sinflarda “Texnologiya”;
— 10-11 sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fanlari;
— ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 2-11 sinflarida “O‘zbek tili” fani;
— ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumta’lim muassasalarining 2-11 sinflarida “Rus tili” fani.