Kahoot platformasidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma (video) - Ta’lim / Образование

Kahoot platformasidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma (video)

Ushbu sahifada Kahoot platformasidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishingiz mimkin.

Kahoot platformasidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma (video)

Kahoot! oʻyinga asoslangan oʻquv platformasi boʻlib, maktablar va boshqa taʼlim muassasalarida taʼlim texnologiyasi sifatida foydalaniladi. Uning o‘quv o’yinlari “kahoots” foydalanuvchi tomonidan yaratilgan ko‘p tanlovli viktorinalar bo‘lib, ularga veb-brauzer yoki Kahoot ilovasi orqali kirish mumkin.

Kahoot! o‘quvchilar bilimini tekshirish, formativ baholash uchun yoki an’anaviy sinf faoliyatidan tanaffus sifatida foydalanish mumkin. Kahoot! trivia viktorinalarini ham oʻz ichiga oladi. Ushbu taʼlim platformasi Wooflash, Socrative yoki Quizlet kabi boshqa texnologik oʻquv vositalariga oʻxshaydi.



Kahoot tarixi

Kahoot! 2012-yilda Yoxan Brand, Johan Brand va Morten Versvik tomonidan Norvegiya fan va texnologiya universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Ular professor Alf Inge Wang bilan hamkorlik qilishdi va keyinchalik ularga norvegiyalik tadbirkor Åsmund Furuseth qoʻshildi. Kahoot! 2013-yil mart oyida SXSWedu’da xususiy beta-versiyada ishga tushirildi va 2013-yil sentabr oyida ommaga chiqarildi


Kahootdan foydalanish tartibi

Ushbu platforma orqali o‘qituvchi birinchi navbatda ro‘yhatdan o‘tib, har bir mavzu uchun alohida testlar bankini yaratishi mumkin. Misol uchun, “Algoritmlashtirish. Algoritm xossasi va turlari” mavzusi bo‘yicha test savollarini ko‘rib o‘taylik. Kahoot – o‘yinli o‘quv platformasiga “https://create.kahoot.it” sayti orqali kiriladi. Shundan keyin esa platformadagi “Create” tugmasini bosib, o‘tiladigan dars mavzu uchun alohida bo‘lim tashkil qilib olinadi.



Kahoot platformasidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma (video)

Quyida Kahoot platformasidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomani e’tiboringizga havola qilamiz.


 

Platformani afzalliklaridan biri test savollarini yozish oynasida har bir test savollarini qiyinlik darajasiga qarab alohida-alohida vaqt berish mumkin. Yana bir imkoniyatlardan biri esa har bir test savoliga mos rasmlarni joylashtirish mumkin.

Testga kirish uchun o‘qituvchi tomonidan maxsus kod beriladi va o‘quvchilar shu kod orqali bevosita testga qatnashishi mumkin. Maxsus kod orqali kirgandan so‘ng o‘quvchi o‘z ismini kiritishi lozim.

O‘qituvchi sinf xonasidagi o‘quvchilarni platformaga to‘liq kiritib bo‘lganidan so‘ng “START” tugmasini bosib testni ishlashga ruhsat beradi. O‘quvchilar test ishlab bo‘lgandan keyin qancha ball olganliklari va sinf bo‘yicha nechanchi o‘rinda turganliklarini o‘qituvchi ko‘rib turadi.



Har bir mavzu bo‘yicha o‘quvchilarni testdan olgan ballari platformada saqlanib turadi. Chorak ohirida esa o‘quvchilar fanni necha foizga o‘zlashtirganini ham bilib olish mumkin.

Albatta o‘quvchilar test jarayonida qatnashishi uchun internet, noutbuk yoki internetni qo‘llab quvvatlaydigan telefonlari kerak bo‘ladi. Dars jarayonlarida bunday platformalardan foydalanilsa o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlari ortib boradi. Testdan yuqori ball olay degan umidda mavzuni o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratadi.

Kahoot! veb-brauzer orqali yoki mobil qurilmalardagi ilova orqali o‘ynash mumkin.