Kimlarga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi? - Ta’lim / Образование

Kimlarga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi?

Kimlarga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi? Quyida ushbu savolga javob topishingiz mumkin.


Kimlarga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi

Quyidagi pedagoglarga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri, attestatsiyadan o‘tkazilmasdan beriladi:

— xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);



— tuman (shahar) bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);

— Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);

— xalqaro hamda respublika bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).



Quyidagi pedagog kadrlarining malaka toifasi (lavozimi) bir pog‘onaga oshiriladi:

— O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlangan pedagog kadrlar;

— “Ustoz” milliy mukofoti g‘oliblari;

— Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari;

— respublika miqyosidagi fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlar.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori.