O‘qituvchilarni navbatchilikka qo‘yilishi to‘g‘rimi? - Ta’lim / Образование

O‘qituvchilarni navbatchilikka qo‘yilishi to‘g‘rimi?

O‘qituvchilarni navbatchilikka qo‘yilishi to‘g‘rimi? Ushbu savolga malakali huquqshunoslar javob berishdi.

O‘qituvchilarni navbatchilikka qo‘yilishi to‘g‘rimi?

Savol: Maktabda MMIBDO‘ xohlagan pedagogni xohlagan vaqti, xohlagandek ro‘yxat qilib o‘z ixtiyoricha noqonuniy hisoblangan navbatchilikka qo‘yadi. Pedagogning vazifasiga navbatchilik ham kiradi, deydi MMIBDO‘.

Huquqshunos javobi:

O‘qituvchilarga navbatchilik qildish majburiyatini yuklashning o‘zi noto‘g‘ri.

Chunki Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 20 – dekabrdagi 565-sonli buyrug‘iga 37-ilovada tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan muassasalar) xodimlarining lavozim majburiyatlariga asosan o‘qituvchining lavozim majburiyatlari ichida bunday majburiyat yo‘q.



🙅‍♂️Demak, bu holatda ish beruvchi xodimga bu majburiyatni yuklashi huquqiy jihatdan asosga ega emas.

Mehnat kodeksi kodeks 115-moddasiga ko‘ra ish beruvchi xodimdan quyidagilarni talab qilishga haqli emas:

— agar ushbu Kodeksda va boshqa qonunda boshqacha qoidalar belgilanmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilmagan ishni bajarishni;

— qonunga xilof bo‘lgan, xodimning yoki boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan, ularning sha’ni, qadr-qimmati hamda ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishni.



❌ Bundan ko‘rinib turibdiki, ish beruvchi o‘qituvchilarga ularning mehnat vazifangizdan boshqa ishni buyurishi qonunan ta’qiqlanadi.

Bunday vaziyatlarda ish beruvchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 49-moddasi bilan (ya’ni mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

❌ Shunga ko‘ra maktabda o‘qituvchilar o‘rtasida navbatchilikni shakllantirish noqonuniy hisoblanadi.