Hech kim farzandiga yomonlik istamaydi. Ammo, ba’zan ularga qilayotgan mehribonligimiz, g‘amxo‘rligimiz panasida bilib-bilmay yomonlik qilib qo‘yaayotgan bo‘lsak-chi?
Xususan, so‘nggi o‘n yillikda hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurgan mobil telefonlar bolalarimiz uchun ham begona emas. Hattoki, ular mobil telefonlarning imkoniyatlarini o‘zlashtirishda kattalardan ko‘ra ilg‘or. Ammo, tanganing ikkinchi tomoni bor-ki, bu haqida dunyo mutaxassislari bong urishni boshlagani allaqachonlar edi. Ya’ni, uyali telefonning bolalar salomatligiga tahdidi bugunga kelib kun tartibidagi dolzarb masalalardan biriga aylanadi. Shunday ekan savol tug‘iladi, “sotka” maktab o‘quvchilariga va bolalarga qanchalik zarur?
Xusen Tangriyev (jurnalist): O‘smirlar orasida uyali aloqa apparati — yashash tarzining o‘ziga xos ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Ya’ni, qo‘l telefoniga qarab, kimning ota-onasi qancha pul topishini bemalol aytib berish mumkin. Mana shunday holatlar tufayli o‘smirlar orasida nosog‘lom raqobat paydo bo‘lishi, natijada oilada urish-janjal yuzaga kelishi mumkin. Mobil telefon — oila budjeti uchun ortiqcha sarf-xarajat demakdir. Ayniqsa, agar bola o‘z suhbatini nazorat qilishni bilmasa. Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, «sotka» ko‘tarib yuruvchi bolalarning 68 foizi «sotka»sizlarga qaraganda yomon baholarda o‘qishar ekan.
Jasurbek Urinboyev (filolog): Qishloq joylarida bolalar ko‘z-ko‘z qilish uchungina qo‘l telefoni olib yurishadi. Yaqinda bir voqeani guvohi bo‘ldim. Bir maktab o‘quvchisi uyiga borib, onasiga „Sotka“ olib bering, maktabda faqat menda telefon yo‘q deya dag‘dag‘a qilgan. Onasi hozir unga telefon olib berishga imkoni yo‘qligini va kerak bo‘lsa o‘zi pul topib olishini aytgach, vaqtinchalik maktabga bormasdan mardikorlik qilib pul ishlab, orzusiga erishibdi.
Ma’sud Mahsudov (bank xodimi): Telefonlar odamlarni shaxsiy mulki va uni olib yurish yoki olib yurmaslik xam odamlarni shaxsiy ishi. Bolakay yo qizalogidan xotirjam bo‘lish uchun otasi telefon berib qo‘ysa buning yomon joyi yuk. Telefonlar o‘qishga halakit berishi bu boshqa masala. Tartib bo‘yicha nafakat maktablarda, balki Oliy o‘kuv yurtlarning hammasida dars paytida uyali telefonlardan foydalanish ta’qiqlangan. Bu tartibga rioya etilishini nazorat qiluvchilar esa o‘qituvchilar. Demak o‘qituvchilar talabni qattiq qo‘ysalar hammasi joyida buladi.
Nigora Umarova (moderator): Bu zamon talabi. Bora-bora sotkalar ham oddiy kalkulyatorlar singari, inson xayotida odatiy va ajralmas buyumga aylanib kolmokda. Uning xayotdagi roli kuchaymokda. Shuning uchun zamon bilan hamnafas yashash kerak. Ota-ona o‘z farzandi bilan doim aloqada bo‘lishi jihatidan mobil telefon juda kulay Farzandining qayerda, kim va nima ish bilan bandligini bilish ota-onaga hotirjamlik bag‘ishlaydi Shuning uchun mobil telefon maktab o‘quvchilari uchun xam kerak.
Ra’no Xo‘jayeva (tarjimon): Avvalo telefondan foydalanish madaniyatini rivojlantirish kerak. Jamoat joyidagi telefon so‘zlashuvlari eshitib, xayron qolaman. Naxotki shu darajada so‘zlashuv odobini yo‘qotgan bulsak. Telefon jonivorga rahmim kelib ketadi. Soatlab gaplashish oqibatida tutab ketmaganiga qoyil qolasan. Odamlarni asabiga tegib, jamoat joylarda musiqani balandlatib eshitish umuman ma’nan sog‘lom odamning ishi emas. Shaxsan men maktab o‘quvchilari uchun mobil telefonlarni butunlay ta’qiqlash tarafdoriman.
Abdujabbor Jumayev (shifokor): Uyali aloqa vositalari asab tizimining yemirilishiga, inson miyasida turli shishlar va simtalar hosil bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari „sotka“dan muntazam va me’yoridan ortiqcha foydalanuvchilar orasida uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, burundan qon ketishi, xotiraning pasayishi bilan bog‘liq kasalliklarga chalinuvchilar ko‘p uchraydi. Bu ayniqsa, yosh bolalarda og‘ir kechadi. Chunki, ularda tashqi ta’sirlarga qarshi immunitet to‘la shakllanmagan bo‘ladi. 18 yoshga to‘lmaganlar va homilador ayollar telefonlardan foydalanayotganda 3-4 daqiqadan ortiq gaplashishlari mumkin emas. Eng yomoni, uyali aloqa telefonlari bolalarning organizmiga, bo‘yining o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zan endi tili chiqayotgan, xech narsaning ma’nisini bilmagan bolaga ham qo‘l telefonni tutqazamiz, bu bilan bolamizga qanday xavflarni ro‘para qilayotganimizni o‘ylab ko‘rmaymiz.
Bahriddin Shayvaliyev (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi): Mobil aloqadan ta’lim jarayonida foydalanish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maxsus yo‘riqnomalari asosida tartibga solinmoqda. Amaldagi tartiblarga ko‘ra, o‘qituvchilar ham, o‘quvchilar ham dars paytida mobil telefondan foydalanishlari qat’iyan ta’qiqlanadi. Menimcha, siz ko‘targan masalani qandaydir ta’qiq va cheklovlar, turli tartib va me’yorlar bilan hal etib bo‘lmaydi. Bunda faqat va faqat targ‘ibot va tashviqot eng katta rol o‘ynaydi. Ya’niki, ota-onalarni, o‘qituvchi va o‘quvchilarni mobil telefon zararidan tortib, unday foydalanish madaniyati haqida chuqur yoritib borilsa, bas. Oxirgi qarorni esa abonentning o‘zi qabul qilsin. Mobil aloqaning inson organizmiga zararlari nechog‘li yuqori ekani tobora o‘z isbotini topib bormoqda.
Dunyo olimlarining e’tiroficha, mobil telefonlar ayniqsa bolalar uchun zararlidir. Ularning so‘nggi xulosalariga ko‘ra, elektromagnit to‘lqinlar inson irsiyatidagi tartibning buzilishiga, hujayralar faoliyatini izdan chiqishiga, organizmdagi ma’lum bir kasallik viruslarining faollashuviga sabab bo‘ladi va saraton kasalligini keltirib chiqaradi. Shvetsiyada esa mobil telefonining ayrim kishilarda allergiya qo‘zg‘atishi aniqlangan.
Ispaniyadagi neyrodiagnostika ilmiy tekshirish instituti olimlarining fikricha, 11-13 yoshlardagi bolalar qo‘l telefoni orqali 2 daqiqa gaplashsa, ularning bosh miyasidagi bioelektrik faollik zgarishlari telefonni qo‘yganlaridan keyin ham 2 soatgacha saqlanib qolarkan…
Endi bir o‘ylab ko‘raylik farzandimiz uchun qulaylik tug‘dirish o‘rniga, o‘zimiz bilmagan holda ularning sog‘ligining yomonlashuviga sababchi bo‘lib qolyapmiz. Biz hali ularning ongini zaharlanishi haqida gapirganimiz yo‘q. Xulosa qilish va tanlash faqat sizga bog‘liq.
To‘plovchi: Nigora Jumayeva
Xamma xar xil. Telefonni ishlatish ham odamning tarbiyasiga bogliq
Maktab o’quvchisiga uyali telefon kerak emas lekin kimning ota-onasi xavotirlansa oddiy markali,rasmga tushirmaydigan,internetga kirmaydigan imkoniyatlari kam telefon mumkin lekin darsda foyddalanish man etiladi.Telefonni raxbariga topshirish zarur
maktab o’quvchisiga telefon kerak chunki ota-onasi havotirlanmasiuchun oddiy telefon kerak.
Men o’qituvchi sifatida shuni ta’kidlardim ki o’quvchiga maktabda telefon umuman keragi yo’q! Chunki o’quvchi juda chalg’iydi xayoli faqat telefonda kimdan sms kimdan telefon yoki biron bir o’yinga kirib qo’ygan bo’lsa yoki biron film tomosha qilayotgan bo’lsa shuni davomini kutadi.Yoshlarni jilovlash qiyin bo’lib qoladi,bir soat olib qo’yingchi xuddi eng aziz narsasidan ayrilgandek bo’lishadi.Telefon o’quvchilarni o’ziga rom qilib olmoqda,bilim olishga juda befarq qarashmoqda qo’yib bersangiz soatlab o’tirishdai vaqt tezligi o’tib ketganidan bexabarligicha qolishadi.Savol berib ko’rdim ,,kuniga necha soat telefondan foydalanish mumkin?” maktabdan borgandan keyin uy ishlariga qarashamiz va dars tayyorlash uchun xonamizga kiramiz keyinchi ..telefon yoningizda bo’ladimi? albatta 5/6 soat shug’ullanamiz…darsni kim tayyorlaydi? ertalab bir ko’z yugurtiramiz vassalom hamma narsa internetda ku……………..mana ahvol