Yaxshi o‘qituvchini oddiy o‘qituvchidan ajratib turadigan 6 fazilat - Ta’lim / Образование

Yaxshi o‘qituvchini oddiy o‘qituvchidan ajratib turadigan 6 fazilat

Ba’zida o‘zingizning ishingizga xolis baho berish qiyin bo‘lishi mumkin, ayniqsa, siz ushbu kasbda uzoq vaqtdan buyon ishlayotgan bo‘lsangiz va charchoq alomatlarini sezsangiz. Yoki aksincha, yaqinda maktabga kelgansizu, o‘zingizga bo‘lgan ishonch bo‘lmasa. Yaxshi o‘qituvchining xususiyatlari qanday? Mutaxassislar fikri bilan tanishing.

Yaxshi o‘qituvchini oddiy o‘qituvchidan ajratib turadigan 6 fazilat

Biz kichik ro‘yxat tuzdik – o‘qituvchining muhim fazilatlariga e’tiboringizni qaratishingiz mumkin.

1. Yaxshi o‘qituvchi o‘quvchilarini hurmat qiladi. Ularni nafaqat “o‘quvchi“, balki inson sifatida qabul qiladi, bolalarning his-tuyg‘ularga bo‘lgan huquqini tan oladi. Barcha o‘quvchilar bilan e’tiborli ishlaydi: darsni sabr bilan tushuntiradi va agar hamma ham darhol anglay olmasa, bundan g‘azablanmaydi.

2. Yaxshi o‘qituvchi bolalarga ham, o‘ziga ham talabchan. U bolalardan nafaqat topshiriqlarni bajarishni yoki qoidalarga rioya qilishni talab qiladi, balki o‘zi ham rioya qiladi, va’dalarni bajaradi. Va o‘zi ham o‘sib boradi, o‘z faniga juda qiziqadi – ilmiy voqealar, kashfiyotlardan xabardor, o‘qitishning turli usullarini biladi va ulardan foydalanadi.



3. Yaxshi o‘qituvchi sinfda sog‘lom hissiy muhitni saqlaydi. Bolalar undan qo‘rqmaydi, unga savollar bilan murojaat qilishadi, unga ishonishadi. Albatta, o‘qituvchi va bolalar o‘rtasida bir oz masofa bo‘lishi kerak, ammo o‘zaro ishonchli munosabatlarni o‘rnatish va saqlab qolish muhimdir. Bolalar dars davomida yoki undan keyin o‘qituvchi bilan nimanidir aniqlab olishlari, muammolari haqida gaplashishlari, maslahat olishlari, fikrlari bilan bo‘lishishlari mumkinligini bilishlari kerak.

4. Yaxshi o‘qituvchiga maktabda ishlash qiziqarli va u charchoqni qanday yengishni biladi. Kasbning muammolaridan biri bu hissiy charchashdir. O‘qituvchi ishi inklyuzivlikni, katta mas’uliyat va keskinlikni talab qiladi. Charchoq tez ko‘payib boradi va mehnatga bo‘lgan ishtiyoqning sezilarli pasayishi kuzatiladi. Bu holat yaxshi o‘qituvchini yomonlashtirmaydi, lekin o‘qitish sifatiga ta’sir qilishi mumkin. Shu bois kuchni tiklash muhimdir.



5. Yaxshi o‘qituvchini bolaning butun hayoti qiziqtiradi. O‘qituvchi bolalarning nafaqat maktabdagi, balki maktabdan tashqaridagi yutuqlari va qiyinchiliklari, shaxsiy qiziqishlari va sevimli mashg‘ulotlari haqida ham biladi. Bu esa bolaning shaxsiyati haqida to‘liqroq tasavvurga ega bo‘lishga va o‘zaro ishonchli aloqaning eng yaxshi usulini topishga yordam beradi.

6. Yaxshi o‘qituvchi kamol toptiradi. U shunchaki yangi narsalarni o‘rgatish bilan cheklanmaydi, balki bolalar hayotda o‘z o‘rnini topishlari uchun ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi.

 



Leave a Reply