Chorak oxiriga kelib o‘qituvchilar o‘quvchilardan nazorat ishlarini olishadi, mustaqil ishlar, uyga vazifalar ko‘p beriladi. Shu davrda o‘quvchilar o‘rtasida ko‘chirmakashlik boshlanib ketadi. Xo‘sh, nima uchun o‘quvchilar bir biridan ko‘chirishadi va u bilan qanday kurashish kerak? Keling, bu savolga javob topishga harakat qilamiz.
Xammamiz aldash yomon odat ekanligini bilamiz. Yangi bilimlarga ega bo‘lish albatta o‘quvchilarning o‘z kelajaklari uchun muhim hisoblanadi. Ammo, siz bu haqda maktab o‘quvchilari bilan gaplashsangiz, ba’zida ko‘chirmachilik muammoning eng yaxshi yechimi ekanligi ayon bo‘ladi.
O‘quvchilar ko‘pincha o‘qituvchiga, sinf oldida dars u uchun qiziq emasligini, mavzuni tushunmaganligini tan olishlari ayb sanaladi. Ammo doimo yaxshi baholarga o‘qish kerak…
O‘quvchilar nima uchun bir biridan ko‘chirishadi? O‘quvchilar ko‘chirmakashlikning asosiy sabablari deb qo‘yidagilarni sabab qilib ko‘rsatishdi:
- ✍🏼O‘quvchilar yomon baho olishdan va so‘ngra ota-onalaridan tanbeh eshitishdan qo‘rqishadi;
- ✍🏼Ba’zi bir uyga vazifalar xaddan tashqari osson va zerikarli
- ✍🏼 o‘qituvchilar berayotgan uyga vazifalar tushunarsiz;
- ✍🏼Ko‘pincha boshqa fanlardan uyga vazifalar ko‘p berilishi oqibatida xammasini bajarishga vaqt yetmaydi;
- ✍🏼Bosh qotirib vazifalarni mustaqil bajarishdan sinfdoshdan yoki “Google aka”dan so‘rab ko‘chirib quya qolish ma’qul.
O‘quvchilarning javoblariga asoslanib, biz o‘qituvchi nima qilishi va qilmasligi kerakligini aniqlashga harakat qildik, shunda bolalar halollikga harakat qilishadi. Qo‘yida ba’zi fikrlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
— O‘quvchilar xato qilish va xatolarni tuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. Bu qiyinchiliklar odatiy va normal holat ekanligini tushuntirish juda muhim.
— O‘quvchilarning topshiriqlarni bajarishga qiziqishi, u o‘z ishtirokini his qilishi, o‘rganayotgan narsasiga qandaydir tarzda ta’sir qilishi ham muhimdir. Siz o‘zingizga savollar berishingiz mumkin: O‘quvchilar darslarni faol ishtirok etadilarmi? Vazifalarni bajarishda tanlash mikoniyati bormi? O‘quvchi o‘zini jamoaga yoki muhim guruhga tegishli deb his qiladimi? O‘quvchilar berilayotgan vazifani bajara oladimi? U yordamni qayerdan topishni biladimi?
— Ba’zi o‘quvchilar o‘zaro yordam va aldashni chalkashtirib yuborishlarini tushundik. Bir-biriga yordam berish, mavzuni birgalikda tushunish, turli manbalardan foydalanish mumkin va kerak.
— Vazifa turli xil bo‘lishi kerak. Bunda o‘quvchilar ularni bajarishni xoxlashlari kerak. Aynan xoxlashlari, ota-onalari urushishlari uchun emas. Siz ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun vazifalarni darsdan tashqari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hayotiy vazifalar bilan birlashtira olishingiz kerak. Oddiy hayotiy misollar sizga yordam beradi. Masalan, ingliz tili darslarida o‘quvchi o‘zini chet elda, mehmonxonani band qilishda ingliz tilini bilmasa qanday holatga tushishlarini xis qilishsin. Odatda bunday vazifalar darsliklarda murakkab tarzda yoritiladi va o‘quvchilar ba’zida yaxshi tushunishmaydi. O‘qituvchining vazifasi esa oddiy va sodda tilda, hayotiy misollar bilan o‘quvchilarga tushuntirish bo‘ladi.
– Dars qoidalari, dars maqsadlari, baholash mezonlari shaffof va tushunarli bo‘lishi kerak. Dars mavzusini o‘quvchilar bilan birgalikda muhokama qilish, ularning qiymati nima ekanligini tushuntirish lozim.
— Bolalarga rivojlanish imkonini beruvchi, aql yuritadigan, rivojlantiruvchi vazifalarni berish maqsadga muvofiqdir.
— Bolalar bilan ba’zi mavzularda ularning ma’nosi nima, ular qanday ko‘nikmalarni rivojlantirishi, qanday foydali bo‘lishi mumkinligini muhokama qilish muhimdir.
— Bolalarni o‘z-o‘zini sinash va kuchini baholashga, o‘quvchining individual rivojlantirishini qayd etishga o‘rgatish kerak. Test yoki qandaydir nazorat ishi berishdan oldin, bolalarning bunga tayyor yoki yo‘qligini, mavzuni tushunganligini tekshirish muhimdir.
— O‘qituvchilar o‘quvchilar bilan muzokaralar olib borish va vazifalar hajmini bolalarning umumiy bandligi bilan bog‘lash muhimdir. Shuningdek, bolalardan ularning vazifa bajarishlari haqida so‘rash, fikr-mulohazalarni bilish muhimdir. Topshiriqlar o‘quvchilar tomonidan bajarilishida vaqt, xajm va boshqa imkoniyatlar hisobga olishini zarur.
Albatta halollik, agar ikkala tomon ham, o‘quvchilar ham, o‘qituvchilar ham uning ahamiyatini tushunsalar va bir — birlariga yordam qo‘lini cho‘zishsa, umidlari va so‘rovlari bilan o‘rtoqlashishga va muloqotda bo‘lishga tayyor bo‘lsalargina mumkin. Shuning uchun o‘quvchilar qiyinchiliklarini, tushunmovchiliklarini e’lon qilishdan, o‘qituvchiga savol berishdan, biror narsa foydasiz bo‘lib tuyulsa, bo‘lishishdan qo‘rqmasliklari ham muhimdir. Qoidalar va kelishuvlarga rioya qiling, aldamang va o‘qish ham uning mas’uliyat sohasi ekanligini unutmang. Bularning barchasini maktab o‘quvchilari bilan muhokama qilib bir sinab ko‘ring:).
Ko‘chirmakashlik, aldash – bu psixologik jarayonlarning biridir. O‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘ziga xos qonun-qoidalarni yaratish va qoidabuzarliklarning oqibatlarini muhokama qilish juda muhim, ammo o‘quvchilarga aldash sabablarini tushunish ham muhimdir. Bu nafaqat shaxsiy huquqbuzarliklarni jazolash, balki halollikni rivojlantirishga va sinfda ijodiy muhit yaratishga yordam beradi.