Ushbu sahifada tilni o‘rganuvchilar O‘zbekcha-inglizcha-ruscha so‘zlashgich yordamida o‘z bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ladilar.
Ushbu qo‘llanma, o‘zbekcha-inglizcha-ruscha so‘zlashgich og‘ir yukingizni yengil qilishda, jahonning istalgan xalqlari bilan yaqindan muloqot o‘rnatishingizda, iqtisodiy va madaniy muammolaringizni hal qilishingizda sizga yordamchi bo‘ladi degan umiddamiz.
Qo‘llanmada jami 26 bo‘lim bo‘lib, ular turmushda har qadamda uchraydigan maishiy, madaniy, o‘zaro munosabat vaziyatlarini qamrab olgan. Unda tanishuv, bojxona muloqotlari, jamoa transporti, avtotransport bilan bog‘liq muammolarni hal etish, magazinda xarid etish, oromgohlarda hordiq chiqarish va boshqa holatlarda Sizning eng yaxshi hamrobingiz bo‘ladi.
So‘zlashuv kitobining mavzuyoti shunga o‘xshash ilgari chop etilgan so‘zlashgichlardan shunisi bilan farq qiladiki, bunda haqiqiy turmush bilan yaqinlashtirilgan mavzuiy holatlar keng o‘rin olgan. O‘zaro muloqotlar jarayoni so‘zlashuvchilarning imkoniyatlariga mos ravishda yengillashtirilgan. Bunda murakkab, tushunishi qiyin bo‘lgan so‘z birikmalari va iboralar, atamalar chetdan zo‘rma-zo‘raki kiritilgan “tabiati tixir” jumlalarga kam o‘rin berilgan. Ayniqsa, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida odamlarning osonlik bilan o‘zaro til topib olishlarini, samarabaxsh muloqotga qiyinchiliklarsiz kirib olishlariga yaxshi imkoniyatlar yaratish inobatga olingan.
Kitob o‘zbekcha-inglizcha-ruscha shaklida tuzilgan bo‘lib, diqqatga sazovor tomoni shunda-ki, buni ingliz tilini qisman biladiganlar bemalol o‘qiy oladilar hamda murodlarini hosil qila oladilar, chunki har inglizcha so‘z ostida lotinlashtirilgan alifbo bilan inglizcha iboralarining o‘qilishi ifodalangan.
Qo‘lingizdagi ushbu so‘zlashuv kitobi faqat muomala va muloqot uchungina emas, balki jahon tili – Ingliz tilini o‘rganib olishingiz uchun ham Sizning beminnat hamrohingiz bo‘lishiga iymonimiz komildir.
O‘zbekcha-inglizcha-ruscha so‘zlashgich (PDF)
Janr / bo‘lim: Til va lingvistika, O‘quv va metodik qo‘llanmalar
Muallif: Q.Shodmonov D. Abdullayeva M.Hakimova M.Norova
Nashr yili: 2014
Tili: O‘zbek / Rus / Ingliz
Hajmi: 136 bet
Fayl turi: PDF