Ona tili fanidan mashqlar to‘plami (PDF) - Ta’lim / Образование

Ona tili fanidan mashqlar to‘plami (PDF)

Ushbu sahifada ona tili fanidan mashqlar to‘plami bilan tanishib sahifa so‘ngida yuklab olishingiz mumkin.

Ona tili fanidan mashqlar to‘plami

Bugungi kunda oliy filologik ta’lim oldiga o‘zbek tili va adabiyotining o‘ziga xos betakror xususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti, iming bugungi holati va istiqboli bilan bog‘liq masalalarni chuqur o‘rganish, bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini kuchaytirish, ta’lim-tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning hamda ushbu soha bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashning sifatini tubdan oshirish vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, bu vazifaning a’lo darajada amalga oshirilishi ta’lim beruvchiga ham, ta’lim oluvchiga ham, ta’lim vositasiga ham yangi-yangi talablarni qo‘ymoqda.

Fan-texnika keskin rivojlanayotgan, axborot-kommunikatsiya vositalari o‘ta shiddat bilan taraqqiy etayotgan, hayot sur’atlari beqiyos tezlashgan ayni paytda ta’lim oluvchining nafaqat soat sayin yangilanib borayotgan bilimlarni tezlik bilan o‘zlashtiradigan, balki ular ichidan eng mukammalini ajratib oladigan, to‘g‘risini izlab topa biladigan, ta’lim beruvchining o‘ta izlanuvchan, yangilikni tez o‘zlashtirib olayotgan, aniq xulosalargagina ishonadigan o‘quvchining talablariga to‘la javob bera oladigan, ta’lim vositasining esa o‘quvchini o‘ziga jalb qiladigan, hatto tajribasiz o‘qituvchining kamchiliklarini ham bartaraf qiladigan darajada mukammal bo‘lishini talab etilmoqda.



Qo‘llanma o‘z ichiga qo‘yidagi mavzularni qamrab olgan:

  • Fonetika, grafika, orfografiya;
  • Leksikologiya;
  • So‘z va uning ma’nosi;
  • So‘zlarning shakl na ma’no munosabatiga ko‘ra turlari;
  • O‘zbek tilining lug‘at tarkibi;
  • Morfologiya;
  • Ot;
  • Sifat;
  • Son;
  • Olmosh;
  • Fe’l;
  • Ravish;
  • Yordamchi so‘zlar;
  • Ko‘makchi;
  • Bog‘lovchi;
  • Yuklama va modal so‘zlar;
  • Gap;
  • Gap bo‘laklari;
  • Qo‘shma gap;
  • Bog‘langan qo‘shma gap;
  • Ergashgan qo‘shma gap.

Mazkur qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari uchun ham yordamchi qo‘llanma vazifasini o‘tashi ko‘zda tutiigan.



Qo‘llanma materiallari o‘rganilayotgan yoki o‘rganilgan mavzu bo‘yicha umumiy yoki individual topshiriqlar sifatida yoki o‘quvchi nutqida ushbu mavzular bilan bog‘liq xatolar bo‘lganda; rejalashtirilgan nazorat ishi sifatida ishlatilishi mumkin.

Qo‘llanma ma’lum darajada o‘qitishning ushbu bosqichi uchun etarli miqdordagi grammatik mashqlar to‘plamlarining etishmasligini qoplash imkoniyatini beradi.


«Ona tili fanidan mashqlar to‘plami» qo‘llanma (PDF)

Janr / bo‘lim: Til va lingvistika, O‘quv va metodik qo‘llanmalar
Muallif: R. Ikromova, D. Muhamedova, M. Hamroyev
Nashr yili: 2009
Til: O‘zbek (kiril)
Betlar: 184
Fayl turi: PDF