O‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida fan to‘garaklariga jalb etish zarur. To‘garaklarga qatnashadigan o‘quvchilar o‘quv dasturi asosida berilgan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlab boradilar.
Ba’zi o‘quvchilar o‘zlashtirishi biroz sust bo‘lgani uchun ularga mashg‘ulot oddiy usullarda tushuntirib boriladi. To‘garak rahbari o‘quvchilar bilan kengaytirilgan holda o‘qitishning 3 xil yo‘nalishida ish olib boradi:
Suhbat tarzida — yakkama-yakka tushuntirish orqali;
Amaliy tarzda — birgalikda bajarish orqali xatolarni to‘g‘rilab borish;
Ko‘rgazmali usulda — bunda topshiriq sifatida tayyor ko‘rgazmaga qarab dars o‘tish ko‘zda tutiladi.
O‘qitishda sifat va samaradorlikka erishish uchun fanga oid yangiliklarni izlab topish va ta’lim jarayoniga tadbiq etish, o‘quvchilar qiziqishini oshiradi. Murakkab mazvularni o‘qitishda quyidagi omillarga e’tibor qaratish zarur:
- yuqori darajadagi kasbiy mahorat;
- alohida yondashuv;
- dars jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, ya’ni bunga elektron darslik, o‘quv filmi, virtual laboratoriya ishlari va animatsion ko‘rgazmali tajribalarni o‘z o‘rnida qo‘llash;
- ta’lim jarayonining o‘quv-metodik jihatdan ta’minlanganligi.
O‘tkazilayotgan monitoring natijalariga ko‘ra, o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlar ustida ishlash ham muhim ahamiyatga ega. Bo‘shliqlar paydo bo‘lishining qator sabablari mavjud bo‘lib, bular quyidagilardir:
- o‘qituvchilarning mavzuni o‘tish jarayonida o‘quvchilarga tabiatda texnologik kuzatishlar olib borishni to‘liq tushuntirmayotgani, masalan, botanikadan o‘simliklar, gullarni kuzatishga oid topshiriqlar berilmayotgani;
- mavzular bo‘yicha mavjud o‘quv filmlari, virtual laboratoriyalar, ko‘rgazmali tajribalar va jihozlardan unumli foydanilmayotgani;
- o‘quvchilarning nazariy bilimlarini hayot bilan bog‘lab olib bormaslik, faqat darslikda berilgan ma’lumotlar bilan cheklanib qolinayotgani.
Mazvularni tushuntirishda multimediali o‘quv resurslari va filmlardan foydalanish, maqsadga muvofiq. O‘quvchilar bilimida bo‘shliqlarning hosil bo‘lishini quyidagicha tushuntiramiz. Masalan: “Botanika” fanidan eng qiyin mavzular quyidagilar:
- “Ildizning ichki tuzilishi”;
- “Poya va bargning ichki tuzilishi”;
- “To‘pgullar”;
- “Sporali ko‘payishdan urug‘li ko‘payishga o‘tish”;
- “Oilalar o‘rtasidagi o‘zaro farqlar”.
Bu mavzularni o‘tish jarayonida har bir bo‘limni tugatgandan keyin albatta o‘quvchilardan oraliq nazarot ishi olinadi va shu orqali bilimi baholananib, paydo bo‘lgan bo‘shliqlar aniqlanadi.
Bo‘shliqni qanday to‘ldirish kerak? Bunda biz darsdan tashqari bo‘sh vaqtda o‘quvchilarni ko‘proq fan to‘garagiga jalb etishimiz zarur. O‘quvchilar bilan yakkama-yakka yoki jamoaviy tarzda suhbatlashib, darsda tushunmay qolgan mavzularni to‘garakda nazariy va amaliy tarzda kengroq tushuntirib beramiz.
Bo‘shliqlar yuzaga kelmasligi uchun dars jarayonida ko‘proq savol-javoblar o‘tkazish, ko‘rgazmali qurollardan o‘z o‘rnida foydalanish, tabiat bag‘rida o‘sayotgan tabiiy o‘simliklardan darsda jonli ko‘rgazma sifatida foydalanish yoki gerbariylar tayyorlash, maqsadga muvofiq. Darsdan tashqari o‘qitishda mavzuga oid laboratoriyalar o‘tkazish va filmlardan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega.
O‘qituvchi mavzuni tushuntirish asosida o‘quvchilarga mavzuga oid kuzatishni bermaganligi, nazariy bilimlarni hayot bilan bog‘lab mustahkamlamasdan, faqat darslikdagi ma’lumotlar bilan cheklangani ushbu bo‘shliqlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Fan o‘qituvchilariga ilg‘or ish tajribasidan, “Mahorat maktablarida o‘rganganlaridan, internet saytlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Qaysi fan bo‘lishidan qat’i nazar, uni qanday o‘rgatish va darsda qanday metodlarni qo‘llash ko‘proq samara beradi, degan savol bugun har bir pedagogni o‘ylantiradi. Ta’lim sifatini oshirish esa fanlarning puxta o‘rgatilishiga, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli faydalanish hamda ilg‘or tajribalarni qo‘llashga bog‘liq. O‘qituvchida bilim, sabr va malakadan tashqari darsni turli usullarda, qiziqarli va mazmunli tashkil etish mahorati, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish qobiliyati shakllangan bo‘lishi zarur.
Axborot hajmining kengayishi, fan-texnika taraqqiyoti har bir darsni mazmunan boyitib, kechagi emas, bugungi yangiliklarni olib kirishni taqozo etmoqda. Ta’lim jarayonining yangilanib borishi, o‘qitish samaradorligining oshishi “Mahorat maktablari” faoliyatini ham yuqori bosqichga olib chiqishni talab qiladi.
O‘quvchi bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish daftari