Ushbu sahifada Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan tadbirlar ssenariysi, buklet va sahna ko‘rinishi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Alisher Navoiy — shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri, davlat arbobi, faylasuf, o‘zbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulug‘ siymolardan biridir. Zamondoshlari uni “Nizomiddin Mir Alisher” deb ulug‘laganlar. “Nizomiddin” – din nizomi deganidir. Ko‘pincha, mansab egalariga nisbatan aytilgan “mir” – amir demakdir.
Buyuk oʻzbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher 1441-yilning 9-fevralida Hirotda tugʻildi. Alisher Navoiyning ota tomondan bobosi Amir Temurning Umar Shayx ismli oʻgʻli bilan koʻkaldosh (emikdosh) boʻlib, keyinchalik Umar Shayx va Shohruxning xizmatida boʻlgan. Otasi Gʻiyosiddin Bahodir esa Abulqosim Boburning yaqinlaridan; mamlakatni idora etishda ishtirok etgan. Onasi Qobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi. Alisher Navoiyning bolaligi Shohrux hukmronligining soʻnggi yillariga toʻgʻri kelgan. U temuriyzodalar, xususan boʻlajak podshoh Husayn Boyqaro bilan birga tarbiyalangan.
Dars ishlanma
Tadbir ssenariylari
Taqdimotlar
Bukletlar
Tadbir uchun sahna koʻrinishi