O‘qituvchi bir vaqtning o‘zida milliy va xalqaro sertifikat uchun ustama olishi mumkinmi? - Ta’lim / Образование

O‘qituvchi bir vaqtning o‘zida milliy va xalqaro sertifikat uchun ustama olishi mumkinmi?

O‘qituvchi bir vaqtning o‘zida milliy va xalqaro sertifikat uchun ustama olishi mumkinmi? Ushbu savolga malakali huquqshunoslar javob berishdi.

O‘qituvchi bir vaqtning o‘zida milliy va xalqaro sertifikat uchun ustama olishi mumkinmi?

Savol: Matematika fanidan bir vaqtning o‘zida Milliy va Xalqaro sertifikatlarga maktabda ustama to‘lanadimi?

Huquqshunos javobi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022 yildagi PF-134-son Farmoni 9-bandi uchinchi xatboshiga ko‘ra:

— xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida ustama to‘lanishi belgilangan.



Bunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-son va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-son qarori (ro‘yxat raqami 3515) qoidalariga muvofiq pedagog xodim o‘zi dars beradigan fani bo‘yicha xalqaro yoki milliy sertifikatga ega bo‘lganda ustama to‘lanishi belgilangan.

❗️Ya’ni ustama olish uchun yo xalqaro yoki milliy sertifikat bo‘lishi nazarda tutiladi. Agar pedagog xodim bir vaqtning o‘zida ham milliy, ham xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa ham unga bitta sertifikat uchun ustama to‘lanadi.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi PF-134-son Farmoning 9-bandi (g-kichik bandi): umumta’lim fanlari bo‘yicha bir nechta sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo‘yicha to‘lanadi.