Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida mehnat qilayotgan, oʻquvchilari yuqori natijalarga erishgan, oʻz ustida doimiy ishlaydigan, oʻz oʻqitish uslubiga ega malakali pedagoglarga Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama belgilash maqsadida ikki bosqichli tanlov gʻoliblari aniqlandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan, vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan 1 696 nafar malakali pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Tanlov g‘oliblari:
🔹 umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan — 1 400 nafar;
🔹 ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalaridan — 98 nafar;
🔹 maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan — 198 nafar.
📌Eslatib o‘tamiz, g‘oliblarga 2026-yil sentabr oyidan 2027-yil may oyiga qadar, jami 9 oy davomida quyidagi miqdorda ustama to‘lanadi:
umumta’lim tashkilotlari pedagoglariga — Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 5,5 baravari,
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilariga — Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2 baravari.





