Ustama hujjatlar namunasi - Ta’lim / Образование

Ustama hujjatlar namunasi

Ustama hujjatlari nimalardan iborat? Qanday hujjatlarni yigʻish kerak? Sahifada ustama hujjatlari namunasi keltirilgan bo‘lib, pdf, docx va xlsx formatida yuklab olishingiz mumkin.

Ustama hujjatlar namunasi

Maʼlumki, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, jumladan Direktor jamgʻarmasidan foydalanish Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori asosida tashkil etilib kelingan.



Biroq, oʻtgan yillar davomida qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablarini amaliyotga qoʻllash jarayonida ustamlarni belgilash boʻyicha ortiqcha qogʻozbozlik, oʻqituvchilar faoliyatini baholash mezonlarida bir qator noaniqliklar yaqqol koʻzga tashlandi.

Shuning uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 831-sonli qarori qabul qilindi.



Kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar asosida quyidagilar koʻzda tutilgan:

— umumtaʼlim maktablaridagi pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatini ochiq maʼlumotlar orqali baholash;

— xalqaro fan olimpiadalarga oʻquvchilarni tayyorlab borish uchun oʻqituvchilarda motivatsiyani orttirish;

— oʻquvchilarni xalqaro baholash tadqiqotlariga tizimli ravishda tayyorlab boradigan oʻqituvchilarga har oylik 100 foizlik ustamalar belgilash;

— maktablarda taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan metodik xizmatni yaxshilashni ragʻbatlantirish maqsadida fan metod birlashmalari rahbarlari uchun har oylik ustamalarni 5 foizdan 10 foizga oshirish;

— bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga puxta tayyorlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash borasida maktab rahbarlarini ragʻbatlantirish koʻzda tutilgan.

Oʻylaymizki, Direktor jamgʻarmasidan foydalanish tartibiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar maktablarda faoliyat koʻrsatayotgan xodimlar, jumladan, oʻqituvchilar mehnatini munosib ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.