Attestatsiyadan yiqilgan va ishdan boʻshatilgan oʻqituvchilar kasbiy sertifikat olsagina yana ishlashi mumkin - Ta’lim / Образование

Attestatsiyadan yiqilgan va ishdan boʻshatilgan oʻqituvchilar kasbiy sertifikat olsagina yana ishlashi mumkin

Attestatsiyadan oʻta olmagani uchun ishdan boʻshatilgan oʻqituvchilar kasbiy sertifikat olsagina yana pedagog sifatida ishlashi mumkin.

Attestatsiyasi yiqilgan va ishdan boʻshatilgan oʻqituvchilar kasbiy sertifikat olsagina yana ishlashi mumkin

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hamda Mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.

Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hamda mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyaga koʻpi bilan ketma-ket ikki marta jalb etiladi.



Bunda ikki martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻta olmagan yoki uzrli sababsiz (kasallikka chalinishi oqibatida mehnatga qobiliyatsizlik davrida hamda davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligidan tashqari hollarda) attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadr bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli bekor qilinadi.

Attestatsiyadan oʻta olmaganligi sababli mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pedagoglarning mehnat shartnomasi (xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli) bekor qilingan taqdirda, pedagog kadr faqat oʻz xohishi bilan navbatdan tashqari Kasbiy sertifikatlash sinovida ishtirok etib, sertifikatni qoʻlga kiritgan holdagina, yana pedagog sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.



Kasbiy sertifikatlash sinovlari uchun roʻyxatga olish qachon amalga oshiriladi?

Roʻyxatga olish allaqachon boshlab yuborilgan. 2025 yil 7 iyulda boshlangan jarayon 7 avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.


Murojaatlar qay tarzda yuborish mumkin?

Navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi quyidagi havola orqali amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz: Kasbiy sertifikatlash sinovlarida joriy yilning mart-iyun oylarida o‘tkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida yetarli ball to‘play olmagan (56 dan kam) hamda ishtirok etmagan stajor-o‘qituvchilar ham hujjat topshirishlari mumkin.

&nbsp: