Hozir emaktab jamoasi tomonidan yaratilgan “O‘quvchilarning BSB yoki CHSB boʻyicha olgan natijalarini bilish” yoʻriqnomasini koʻrib chiqamiz.
Buning uchun “Jurnal” boʻlimiga oʻting va kerakli sinf jurnalini oching.
Fan jurnali ochilgandan so‘ng, TMR(Dars rejasi) tomonida siz tomonidan berilgan CHSBni ko‘rishingiz mumkin. So‘ngra, “Natijalarni ko‘rish” tugmasini bosganingizda, o‘quvchilarning topshirgan CHSB bo‘yicha natijalarini ko‘rishingiz mumkin.
Bu yerda biz o‘quvchilarning choraklar bo‘yicha summativ baholashdan olgan natijalarini ko‘ramiz.
Barcha o‘quvchilar testdan o‘tib, har biri ball olganiga ishonch hosil qilgach, “Baholarni jurnalga qo‘yish” tugmasini bosishimiz mumkin.
Tugmani bosgandan so‘ng, biz CHSB boʻyicha sinf jurnalining sahifasiga o‘tamiz va barcha baholar avtomatik ravishda jurnalga o‘tkazilganligini ko‘ramiz.





