2026-2027-o’quv yilidan boshlab huquqshunoslik fanidan ham milliy sertifikat joriy etiladi - Ta’lim / Образование

2026-2027-o’quv yilidan boshlab huquqshunoslik fanidan ham milliy sertifikat joriy etiladi

2026-2027-oʻquv yilidan boshlab huquq fanidan bilish darajasini baholash boʻyicha test sinovi tashkil etilib, uning natijalari asosida davlat namunasidagi sertifikat berish tartibi joriy etiladi.

davlat_va_huquq_asoslari

Bu haqda Prezidentning 2025-yil 26-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 232-sonli Farmonida nazarda tutilgan.


Shuningdek, ushbu Farmonga koʻra, 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:

– “Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” taʼlim yoʻnalishida bakalavr darajasiga ega shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan oʻtmasdan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida davlat va huquq asoslari fani boʻyicha dars berishga ruxsat etiladi;

– huquq fanidan bilish darajasini baholash boʻyicha test sinovi tashkil etilib, uning natijalari asosida davlat namunasidagi sertifikat berish tartibi joriy etiladi.