1-sinfga qabul: Dolzarb savollarga javoblar - Ta’lim / Образование

1-sinfga qabul: Dolzarb savollarga javoblar

Ushbu sahifada siz 1-sinfga qabul doirasida eng dolzarb savollarga javoblarni olishingiz mumkin.

1-sinfga qabul: Dolzarb savollarga javoblar

1) Navbat belgilagandan song nima qilishim kerak?

— “Belgilangan vaqtda kerakli hujjatlaringiz bilan maktabga borishingiz kerak. Agar farzandingiz rus tilida ta’lim oladigan sinfga qabul qilinayotgan bo’lsa, suhbat uchun farzandingizni ham o’zingiz bilan maktabga olib borishingiz kerak”.



2) Navbatni xato belgilab qoʻyibman, bekor qilish mumkinmi?

“Belgilangan navbatni faqat uning sanasi oʻtib ketganidan keyingina qayta belgilash mumkin”.

Yaʼni, agar sizga maktab uchun uchrashuv (navbat) tayinlangan boʻlsa, uni oldindan oʻzgartirib boʻlmaydi. Faqat belgilangan kun va vaqt oʻtib ketganidan keyin yangi navbat olish yoki qayta belgilash imkoniyati boʻladi.


3) Ariza my.gov.uz tizimidan yuborilgan edi. Ushbu tizimda tashrif uchun belgilagan navbatim o’tib ketti ammo navbatni yangilolmayabman.

— “Agar my.gov.uz tizimi orqali olingan navbatning sanasi o’tib ketgan bo’lsa, uni qayta yangilash shart emas. Maktab sizni avval olingan (eski) navbat asosida ham qabul qilishi mumkin”.

Ya’ni, navbat muddati o’tgan bo’lsa ham, yangi navbat olish majburiy emas. Eski navbat bilan maktabga murojaat qilishingiz mumkin.


4) Agar farzandim rus tilida boshlangʻich soʻzlashuv koʻnikmasiga ega bo’lmasa maktab qabul qilmaslik huquqiga egami?

— Taʼlim boshqa (jumladan, rus) tilda olib boriladigan umumtaʼlim maktablarida qabul komissiyasi bolalar bilan suhbat jarayonida tanlagan tilda bolaning boshlangʻich soʻzlashuv koʻnikmasiga ega ekanligini oʻrganadi.

Bola tanlagan tilda boshlangʻich soʻzlashuv koʻnikmasiga ega boʻlmasa, qabul komissiyasi bolani soʻzlashuv koʻnikmasiga mos sinfga yoki boshqa umumtaʼlim maktabiga joylashtirish yuzasidan qaror qabul qiladi.


5) Maktab nima sababdan arizamni rad etishi mumkin?

— Qabul komissiyasi quyidagi holatlarda bolalarni umumtaʼlim maktabiga qabul qilishni rad etishi mumkin:

  • Bolaning tibbiy maʼlumotnomasida umumtaʼlim maktablarida taʼlim olish tavsiya etilmagan boʻlsa;
  • Tanlagan tilda bola boshlangʻich soʻzlashuv koʻnikmasiga ega boʻlmasa;
  • Soʻrovnomada keltirilgan maʼlumotlar notoʻgʻriligi aniqlansa.

Boshqa holatlarda bolalarni umumtaʼlim maktablariga qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.