O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar e’lon qilindi, 100 mln so‘mgacha mukofot. - Ta’lim / Образование

O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar e’lon qilindi, 100 mln so‘mgacha mukofot.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yana bir qator yangiliklarni e’lon qildi.

O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar e’lon qilindi, 100 mln so‘mgacha mukofot.



Bular:

— xorijiy va milliy sertifikat olgan pedagoglarning imtihon xarajatlari 100 foiz qoplab beriladi;

— Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev kabi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan pedagoglarga to‘g‘ridan to‘g‘ri oliy toifa beriladi;

— boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi;

— kelasi yildan 4-sinflar o‘rtasidagi olimpiadaning tuman bosqichi g‘oliblari kompyuter bilan taqdirlanadi.

— Ularni tayyorlagan ustozlarga esa natijaga qarab tuman bosqichida 10 mln so‘m, viloyat bosqichida 50 mln so‘m, respublika bosqichida 100 mln so‘m mukofot beriladi.