Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yana bir qator yangiliklarni e’lon qildi.
Bular:
— xorijiy va milliy sertifikat olgan pedagoglarning imtihon xarajatlari 100 foiz qoplab beriladi;
— Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev kabi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan pedagoglarga to‘g‘ridan to‘g‘ri oliy toifa beriladi;
— boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi;
— kelasi yildan 4-sinflar o‘rtasidagi olimpiadaning tuman bosqichi g‘oliblari kompyuter bilan taqdirlanadi.
— Ularni tayyorlagan ustozlarga esa natijaga qarab tuman bosqichida 10 mln so‘m, viloyat bosqichida 50 mln so‘m, respublika bosqichida 100 mln so‘m mukofot beriladi.





