Olimpiada ishtirokchilari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi - Ta’lim / Образование

Olimpiada ishtirokchilari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Asosiy fan olimpiadasi ishtirokchilari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. Ruxsatnomasiz olimpiadaning II bosqichida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi!

Asosiy fan olimpiadasi ishtirokchilari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Asosiy fan olimpiadasining II — tuman (shahar) bosqichi 15-oktabrdan boshlanishi munosabati bilan barcha o‘quvchilarning ruxsatnomalarini olimpiada.uzedu.uz platformasi orqali yuklab olish mumkin.



Eslatma:
– O‘quvchilar imtihonga shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

– Hujjat topshirmagan, imtihonga kechikkan yoki kelmagan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazilmaydi.

– Boshqalardan ko‘chirishga urinish yoki ularga xalaqit berish imtihondan chetlashtirishga sabab bo‘ladi.

– Shpargalka, har qanday mobil aloqa vositalari, kalkulyator, lug‘at va kitoblardan foydalanish taqiqlanadi.

Barcha o‘quvchilar va mas’ul ustozlardan ushbu talablarni inobatga olish hamda ruxsatnomalarni o‘z vaqtida yuklab tavsiya etiladi!