Fan olimpiadasi nizomi - Ta’lim / Образование

Fan olimpiadasi nizomi

Fan olimpiadasining maktab, shahar va viloyat bosqichlari qanday o‘tkaziladi? Ushbu sahifamiz orqali fan olimpiadasi nizomi bilan tanishib bilib olishingiz mumkin.


Olimpiada nizomi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
09.09.2021 yildagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik lisey va kasb-hunar
maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimiiadalarini tashkil etish,o‘tkazish hamda halqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom

1. Mazkur Nizom davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik lisey va kasb-xunar maktablari (keyingi o‘rinlarda – maktablar) o‘quvchilari o‘rtasida umumta’lim fanlari bo‘yicha olimpiadalarni tashkil etish, o‘tkazish, xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar ishtirokchilarini saralash hamda olimpiada g‘oliblarini rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.



2. Ushbu Nizomda kuyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

asosiy olimpiada — umumta’lim fanlari buyicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik) tomonidan maktablar o‘rtasida respublika miqyosida tizimli ravishda har yili tashkil etiladigan olimpiada;

qo‘shimcha respublika olimpiadalari — mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirlik va idoralar, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlar tomonidan asosiy olimpiadalardan tashqari, o‘z tashabbusi bilan o‘tkaziladigan olimpiadalar;

onlayn olimpiada — o‘quvchilarning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va asosiy olimpiadalarga tayyorgarlik ko‘rish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan hamda faqat axborot texnologiyalari (kompyuter, planshet, telefon va boshqalar) orkali amalga oshiriladigan olimpiadalar;

nufuzli xalqaro olimpiadalar — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 3 maydagi PQ-4306-son qarorida belgilangan xalqaro olimpiadalar;



mintaqaviy xalqaro olimpiadalar — nufuzli xalqaro olimpiadalar ro‘yxatiga kirmaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga kiritilgan hamda g‘oliblarining maqomi asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblariga tenglashtirilgan xalqaro olimpiadalar;

olimpiadalar taqvimi — o‘quv yili davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan fan olimpiadalarining reja-jadvali;

olimpiada g‘oliblari — asosiy olimpiada, qo‘shimcha respublika olimpiadalarida 1, 2, 3-o‘rinlarni, xalqaro olimpiadalarda oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar;

axborot tizimi – Vazirlikning olimpiadalarni tashkil qilish va o‘tkazishga mo‘ljallangan veb-sayti.



Asosiy olimpiadalar to‘rt bosqichda quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

birinchi bosqich — maktab, akademik lisey va kasb-hunar maktablar miqyosida sentyabr oyida;

ikkinchi bosqich — tuman (shahar) miqyosida oktyabr oyida;

uchinchi bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida noyabr oyida;

to‘rtinchi bosqich — respublika mikyosida barcha fanlardan aprel-may oylarida o‘tkaziladi.


 

 


2 thoughts on “Fan olimpiadasi nizomi

  1. Bobur

    Nima sababdan boshqa ishtirokchilarni yechgan ishlarini o’zimizniki bilan taqqoslab tekshirish mumkin emas? Agar aslida to’g’ri javob ba’zilarda to’g’ri ba’zilarda noto’g’ri bo’lishi mumkinku! Yana kamiga hatto to’g’ri javoblarni ham ko’rish mumkin emas! Biz qaysi biri to’g’ri ekanligini qayerdan bilamiz, ya’ni to’g’ri javobni ko’rib o’rgana olmaymiz. Nega??? Nima agar birovniki bilan solishtirsak yoki hakamlardan to’g’ri javobni bilsak, ichkarida qilinayotgan “ishdan” xabardor bo’lamizmi?

  2. M.m

    Menda bir taklif bor. Viloyat bosqichi olimpiadalariga 3 kun qolganda barcha tayinlangan hakamlarni almashtirishsin. Masalan, Buxoro viloyatidagi matematika hakami Samarqand viloyatiga hakamlik qilsin osha fandan. Shunda hech qanday kelishuvlar yuqorida ta’kidlangani kabi “ishlar” yuz bermaydi menimcha. Yana bilmadim

Leave a Reply