Pedagoglar attestatsiyasi bo‘yicha Hukumat qarori imzolandi - Ta’lim / Образование

Pedagoglar attestatsiyasi bo‘yicha Hukumat qarori imzolandi

Vazirlar Mahkamasining qarori (130-son, 28.02.2025 y.) bilan Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Pedagoglar attestatsiyasi bo‘yicha Hukumat qarori imzolandi

Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 sentyabrgacha:

Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmagan, shuningdek, attestatsiyadan o‘tganlik muddati tugagan va amaldagi malaka toifasi saqlanib qolgan quyidagi pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi hamda ularga amaldagi malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi:



— oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan;

— pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan;

— yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan;

— pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagoglar;



Quyidagi talablardan biriga javob beradigan pedagoglarga to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka toifasi (lavozimi) beriladi:

— pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);

— yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);

— oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglarga – oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).



Shuningdek, quyidagilar nazarda tutilmoqda:

— ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani pedagoglari, pensiya yoshidagi pedagoglar hamda oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish;

— Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlar va ilg‘or xodimlarni rag‘batlantirish;

— Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish.

 



11 thoughts on “Pedagoglar attestatsiyasi bo‘yicha Hukumat qarori imzolandi

  1. Nasiba

    8-aprel kungi testda rus tili fani bo’yicha kasb hunar kollej o’qituvchilariga rus guruhlarda o’tiladigan test savollari berilgan. kollej dasturi bo’yicha rus tili faniga 120 soat ajratilgan. shundan 40 soati Rus adabiyotiga, 80 soat Rus tiliga ajratilgan. Test sovallarida dasturga zid savollar berilgan.Nukus shahri bo’yicha 1ta rus tili o’qituvchisi 40 savoldan 37sini yechgan.qolgan o’qituvchilar 20 savoldan ortiq yecholmagan.Nima uchun savollarni tuzishda yuqorida ko’rsatilgan dastur mavzusiga asoslanib savollar tuzilmagan. Rus tili O’zbek guruhlarida dars beradigan o’qituvchilar uchun bu masalani qayta ko’rib chiqishni iltimos qilamiz

  2. Умеда

    2017йил 12майда аттестациядан утиш учун тест топширган Эдик.тест натижалари качон чикади?натижаларни кайси сайтдан олсак булади

  3. Жонибек

    ассалому алайкум, саволим шундан иборатки – профессионал футбол соҳасида иш юритиб келаётган мураббийларга АФК тамонидан сертификат берилади ўз йўналишларига мувофиқ. Уларга хам мажбурий ўтказиш шартми?

    1. admin

      Ваалайкум ассалом, адашмасам профессионал футбол мураббийлари учун аттестацияни ўтказиш бошқа низом асосида олиб борилади.

      1. Шерхан

        Атестатция савол жавоблари кай тарзда утказилади. Атестатция савол жавобларини каердан олишим мумкин. Олдиндан рахмат

Leave a Reply