Malaka (test) sinov kuni talab qilinadigan so‘rovnomani qayerdan olish mumkin? - Ta’lim / Образование

Malaka (test) sinov kuni talab qilinadigan so‘rovnomani qayerdan olish mumkin?

Malaka (test) sinov kuni talab qilinadigan so‘rovnomani qayerdan olish mumkin? Sahifada ushbusavolga javob topasiz.

Malaka (test) sinov kuni talab qilinadigan so‘rovnomani qayerdan olish mumkin?

Savol: Savolim shundan iboratki, attestatsiya kuni pasport va so‘rovnoma olib kelinsin deyilibdi. So‘rovnoma deganda nimani nazarda tutilgan?

❗️Javob: So‘ronovnoma – bu ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yuboradigan ma’lumotlar jamlanmasi.



attestatsiya sorovnoma

attestatsiya sorovnoma

So‘rovnomani shaxsiy kabinetdan “So‘rovnomani yuklab olish” tugmachasini bosish orqali yuklab olish mumkin!

📌So‘rovnoma shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan elektron yoki bosma ravishda taqdim etilganda, attestatsiya jarayoniga kirish uchun ruxsatnoma sifatida foydalaniladi.


Shaxsiy kabinetga qanday kiriladi?

 

Savol: Shaxsiy kabinetga qanday kirsam bo‘ladi?

❗️Javob: Pedagog kadr attestatsiyada ishtirok etish uchun pedagog.uzedu.uz – platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib murojaat (“murojaatingiz muvaffaqiyatli yuborildi”-degan oynacha ochilsa) yuborganda har bir pedagog uchun mazkur platformada shaxsiy kabinet shakllanadi.

Shaxsiy kabinetda pedagogning shu va bundan keyingi attestatsiya jarayonlariga oid barcha ma’lumotlar aks ettiriladi.

Shaxsiy kabinetga kirish murojaat yuborishda foydalanilgan telefon raqamiga yuborilgan “login va parol” orqali amalga oshiriladi.

Shaxsiy kabinetdagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga pedagog kadr mas’ul hisoblanadi. Shu sababli, shaxsiy kabinetingiz “login va parol”ini begona shaxslarga, tanishlaringizga, hattoki, ta’lim tashkiloti rahbarlariga yoki ta’limni boshqaruv organlariga xodimlariga ham bermaslikni tavsiya qilamiz.



Shaxsiy kabinetga kirish uchun login va parolni tiklash mumkinmi?

 

Pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb-saytidagi pedagog.uzedu.uz (pedkadr.uzedu.uz) – platformasi orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

Mazkur tizimdagi shaxsiy kabinetlarga esa faqat ONE ID-Yagona identifikatsiya tizimi orqali kiriladi. ONE ID-Yagona identifikatsiya tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tishning asosiy shartlaridan biri pedagogning o‘z nomida telefon raqami bo‘lishi kerak.

ONE ID-Yagona identifikatsiya tizimi orqali shaxsiy kabinetlarga kirish login va parolni tiklash uchun ushbu video-rolikdan foydalanish mumkin.