Ushbu sahifada Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati ingliz tili o‘qituvisi Kochurova Anastasiya Alekseyevnaning 6-7-8 sinflarda ingliz tilini o‘rganishda qo‘shimcha mashg‘ulotlarda foydalanish uchun mashqlar to‘plamini e’tiboringizga havola etmoqdamiz. Fayllarni sahifa so‘ngida yuklab olishingiz mumkin.
CENTRE GRAMMAR BOOK PART I — To‘plam boshlang‘ich sinflarda ingliz tilidan qo‘shimcha mashg‘ulotlar uchun grammatik, qiziqarli va rivojlantiruvchi mashqlar va rasmlarni o‘z ichiga. Mashqlar bolalarda grammatika, yozish va so‘zlashuv uslubini o‘rgatadi.
ЕХАМ Preparation BOOK — ingliz tilidan imtihon materillariga mos tushuvchi testlar to‘plami. O‘quvchilar imtihonda vaqtida muhokama qilinuvchi mavzular haqida ma’lumot olishlari mumkin.
Ma’lumot o‘rnida:
Ingliz tili (ingl. English) — hind-yevropa oilasining german guruhiga kiruvchi til. Ingliz xalqining tili. Avstraliya, AQSH, Birlashgan Qirollik, Hindiston, Irlandiya, JAR, Kanada, Liberiya, Malta va Yangi Zelandiyaning rasmiy tili. Ingliz tili dunyodagi eng ko‘p ishlatiladigan tillar ichida 3-o‘rinda turadi (Ispan hamda Mandarin Xitoycha tillardan keyin). Yevropa Ittifoqining asosiy tili.
Ingliz tili BMTning rasmiy ish yuritish tillaridan biri, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Shimoliy Amerika, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Osiyo va Afrikadagi ko‘pgina mamlakatlarda tarqalgan. Bu tilda yer yuzidagi 400 milliondan ortiq kishi gaplashadi (1992). Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya, AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada (fransuz tili bilan birga), Irlandiya (irland tili bilan birga), Hindiston va 15 ta Afrika davlati (JAR, Nigeriya, Gana, Uganda, Keniya, Tanzaniya va b.)da rasmiy til sifatida qo‘llaniladi.