Вазирлик хорижий тиллар ўқитувчиларига мурожаат билан чиқди - Ta’lim / Образование

Вазирлик хорижий тиллар ўқитувчиларига мурожаат билан чиқди

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi lozimligini eslatib o‘tdi.

Vazirlik xorijiy tillar o‘qituvchilariga chet tili sertifikati haqida eslatma bilan chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 19 maydagi 312-son qaroriga muvofiq:

2025/2026-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.



Mazkur talabdan kelib chiqqan holda, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi barcha xorijiy til ustozlari 2025/2026-o‘quv yiliga qadar kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi lozimligini eslatadi.