Можно ли учиться в магистратуре и получить категорию?

Magistraturada tahsil olayotganlar toifa olishlari mumkinmi?

Magistraturada tahsil olayotganlar toifa olishlari mumkinmi? Pedagog kadrlar attestasiyasi bo‘limi ushbu savolga oydinlik kiritdi.

Magistraturada tahsil olayotganlar toifa olishlari mumkinmi?

Savol: Men o‘tgan yili xususiy maktabda ishlaganman, 22 yanvardan boshlab davlat maktabida ishlayapman. Magistratura 1 bosqich talabasiman. Men ham attestatsiyada ishtirok eta olamanmi? Menga “bir yil ishlashingiz kerak”- deyishyapti.

Javob: Bu noto‘g‘ri albatta (toifa olish uchun bir yil ishlash kerakligi)



Siz, 2025 yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyalarda o‘z ixtiyoringizga ko‘ra qatnasha olasiz.

Agar ishtirok etsangiz, bu attestatsiya Siz uchun navbatdan tashqari attestatsiya hisoblanadi hamda past natija qayd etgan taqdiringizda ham Sizga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmaydi.

Magistraturada tahsil olayotganingiz Sizga navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etib, toifa olishingizga to‘sqinliq qila olmaydi.

Shuningdek, Sizga magistr darajasiga ega bo‘lganlarga attestatsiyasiz to‘g‘ridan to‘g‘ri ikkinchi toifa berilishini ma’lum qilamiz.



Lekin, Siz magistr darajasini olgunga qadar o‘z ixtiyoringizga ko‘ra navbatdan tashqari (muddatidan ilgari) attestatsiyada ishtirok etib Atttestatsiya natijalari bo‘yicha:

2025 yil yanvar-iyun oylarida ikkinchi toifa
2025 yil avgust-dekabr oylarida birinchi toifa
2026 yil yanvar-iyun oylarida oliy malaka toifalariga ega bo‘lishingiz mumkin.