Uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmagan o‘qituvchilar uchun attestatsiyadan o‘tkazish muddatlari e’lon qilindi - Ta’lim / Образование

Uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmagan o‘qituvchilar uchun attestatsiyadan o‘tkazish muddatlari e’lon qilindi

Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar 30-31-may kunlari attestatsiyadan oʻtkaziladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.


Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun attestatsiya sanalari elon qilindi

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-aprelidan 20-may kuniga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkazildi.



Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sabab (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslar)ga koʻra ishtirok eta olmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilishi belgilangan.



❗️ Shu munosabat bilan, uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun joriy yilning 30-31-may kunlari attestatsiya sinovlari oʻtkazilishi maʼlum qilindi.

Ushbu pedagoglar malaka (test) sinovlarida ishtirok etishlari uchun vazirlikning hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan Ishchi guruhlarga yuqorida keltirilgan sabablardan birini asos qilgan holda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

👉 Malaka (test) sinovlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi.

 


Leave a Reply