Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori va bazaviy hisoblash miqdori haqida ma’lumot berdi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:
— mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 271 000 so‘m;
— bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m;
— pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 471 000 so‘m;
— yoshga doir eng kam pensiya – 918 000 so‘m;
— nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 1 012 000 so‘m;
— mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 1 012 000 so‘m;
— belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (918 000 so‘mdan) 1 012 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 1 012 000 so‘m;
— zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 820 000 so‘m;
— ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 820 000 so‘m dan iborat.





