Sovuq ob-havo sharoitida o‘quvchi qizlarning maktabga shim kiyishlariga ruxsat beriladi. Bu haqida vazirlik matbuot kotibi o‘z vaqtida javob bergan edi.
Savol: Kunlarning soviy boshlagani va qizimning salomatligi sababli maktabda o‘qiydigan qizimga shim kiydirgan edim, maktab ma’muriyati qizimni uyga qaytarib yubordi. Aytingchi, sovuq havoda o‘quvchi-qizlarga maktabga shim kiyib borish mumkinmi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan (2018 yil 15 avgustda qabul qilingan) sovuq ob-havo sharoitida o‘quvchi qizlarga maktab formasiga mos klassik uslubdagi shim kiyishga ruxsat beriladi.