O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi - Ta’lim / Образование

O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi

Kelgusi oyda Navro‘z, Ramazon hayiti va 8 mart munosabati bilan dam olish kunlari ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonliklar 8 mart munosabati bilan necha kun dam oladi?

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakilining ma’lum qilishicha, 21 mart, shanba kuni Navro‘z bayramiga to‘g‘ri keladi.

Ramazon oyi boshlanishidan 30 kunni 19 fevraldan hisoblasak, Ramazon hayiti bayrami ham 21 martga to‘g‘ri keladi.



Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra, agar dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, u bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Shu tariqa, besh kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun 21 mart dam olish kuni 23 mart dushanba kuniga ko‘chiriladi.

Shunday qilib, 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar 3 kun dam oladilar:

21 mart – bayram kuni;
22 mart – yakshanba;
23 mart – dushanba, ko‘chirilgan dam olish kuni.


6 kunlik ish haftasida ishlovchilar 2 kun dam oladilar:

21 mart – bayram kuni;
22 mart – yakshanba.



Eslatib o‘tamiz, prezident farmoniga ko‘ra, bu yil 8 mart (Xalqaro xotin-qizlar kuni) ham yakshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Bunda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun uch kun dam olish nazarda tutiladi:

7 mart – shanba, dam olish kuni;
8 mart – yakshanba, bayram;
9 mart – dushanba, ko‘chirilgan dam olish kuni.

6 kunlik ish haftasida ishlovchilar 2 kun dam oladilar:

8 mart – bayram;
9 mart – dushanba, ko‘chirilgan dam olish kuni.

 


Leave a Reply