O‘qituvchilar uchun kasbiy sertifikatlash sinovlari joyi va sanasi e’lon qilindi - Ta’lim / Образование

O‘qituvchilar uchun kasbiy sertifikatlash sinovlari joyi va sanasi e’lon qilindi

O‘qituvchilar uchun navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari joriy yilning 19-21-avgust kunlari oʻtkaziladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘qituvchilar uchun kasbiy sertifikatlash sinovlari joyi va sanasi e’lon qilindi

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan ayrim pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etib kelinmoqda.



Joriy yilning 19-21-avgust kunlari quyidagi manzillarda sinov jarayonlari oʻtkaziladi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi: Pedagogik mahorat markazi (Nukus shahri, Y. Alakoʻz koʻchasi, 54-uy)

Andijon viloyati: Pedagogik mahorat markazi (Andijon shahar, Istiqlol koʻchasi, 8-uy)

Buxoro viloyati: Buxoro shahridagi 44-maktab binosi (Buxoro shahar, Bog’ishamol ko’chasi 5-uy. Mo’ljal: oldingi Pedagogika kolleji)

Jizzax viloyati: Jizzax shahridagi 4-maktab binosi (Jizzax shahar, “Kimyogar” MFY, Toʻqimachilar koʻchasi, 45-uy)

Qashqadaryo viloyati: Pedagogik mahorat markazi (Qarshi shahar, Olimlar koʻchasi, 2-uy)

Navoiy viloyati: Navoiy shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Navoiy shahri, Aloqa koʻchasi, 6-uy)



Namangan viloyati: Namangan shahridagi 15-maktab binosi (Namangan shahri, “Gʻishkoʻprik” MFY, Uychi koʻchasi, 329-uy)

Samarqand viloyati: Pedagogik mahorat markazi (Samarqand shahar, Hasan Obiddinov koʻchasi, 7-uy)

Sirdaryo viloyati: Guliston shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Guliston shahri, “Shodlik” MFY, Navoiy shoh koʻchasi, 55-uy)

Surxondaryo viloyati: Termiz shahridagi 26-maktab binosi (Termiz shahri “Kattabog'” MFY, Farovon massivi, 2-mavze, 7-manzilgoh. Mo’ljal: “Yashil dunyo” bozori)

Fargʻona viloyati: Fargʻona shahridagi 28-maktab binosi (Fargʻona shahar, “Istiqlol” MFY, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13-“A” uy)

Xorazm viloyati: Urganch shahridagi 17-maktab binosi (Urganch shahar “4-Yuqori bog'” mahallasi, Maxtumquli ko’chasi, 229 “A”-uy)

Toshkent shahri va Toshkent viloyati: Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Beruniy koʻchasi, 83-uy)



📌 Maʼlumot uchun: ushbu sinovlarda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 baldan, jami 100 ball bilan baholanadi.

56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor nazorat sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.