Umumtaʼlim fanlardan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari sanalari belgilandi. Bu haqida Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.
Geografiya, ona tili va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi.
📆 Unga ko‘ra, imtihonlar 2026-yil 23-26- va 31-oktyabr kunlari o‘tkaziladi, jumladan:
✔️ 23-oktyabr kuni geografiya fanidan;
✔️ 24–26-oktyabr kunlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tili) va adabiyot fanidan;
✔️ 31-oktyabr kuni tarix fanidan.
Bunda geografiya fanidan imtihonlar elektron shaklda o‘tkaziladi.
Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin. Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari so‘raladi.
🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi.





