Agentlik tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari sanasi e’lon qilindi. Bu haqda Prezident ta’lim muassasalari agentligi xabar bermoqda.
Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihonlari joriy yilning 4-5-6 iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi.
Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.
SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”iga o‘z ID raqamini kiritishi kerak.
Kirish imtihonlari bir bosqichda yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
Aniq fanlar yo‘nalishi uchun:
— matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
— ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
Tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun:
— tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
— ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
2024-2025-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
▪️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfiga;
▪️ Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga;
▪️ Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga qabul qilinadi.
Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonining sanasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.