Maktab bitiruvchilari uchun shahodatnomani bepul yuklab olish usuli (video) - Ta’lim / Образование

Maktab bitiruvchilari uchun shahodatnomani bepul yuklab olish usuli (video)

Maktab bitiruvchilari uchun shahodatnomani bepul yuklab olish usullari keltirildi.

Maktab bitiruvchilari uchun shahodatnomani bepul yuklab olish usuli

Joriy yil maktab bitiruvchilari elektron shahodatnomalarini quyidagi havolalar orqali bepul yuklab olishi mumkin.

1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portalidagi Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida shahodatnoma maʼlumotini olish davlat xizmati orqali.

2. Elektron shahodatnoma axborot tizimiga shaxsiy ma’lumotlarini kiritish orqali.

❗️ Ma’lumot uchun, 11-sinf maktab bitiruvchilarining shahodatnoma maʼlumotlari “Bilim va malakalarni baholash agentligi” (sobiq DTM)ning OTM qabul bo‘yicha elektron platformasiga integratsiya qilingan.



Shu bois, oliy taʼlim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi.

Bitiruvchilar shahodatnomalarini shaxsan taqdim etishlariga ehtiyoj yo’q.