O‘qituvchilar diqqatiga!
Bugun, 9-oktyabr kuni maktablarda tabiiy fanlar o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari o‘tkaziladi.
O‘quvlar soat 9:00 da boshlanadi.
Ushbu “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlariga respublikamiz bo‘yicha 41 ming nafardan ziyod o‘qituvchilar jalb qilinishi rejalashtirilgan.
Siz uchun yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalaning va oʻzingizni rivojlantiring.
“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari o’tkaziladigan vaqtda tegishli fan oʻqituvchilarini maktablardagi dars mashgʻulotlariga va boshqa tadbirlarga jalb qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
❗️Oʻqituvchining “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida ishtirok etmaslik holati shu kuni ishga kelmaganlik sifatida qayd etiladi va unga ish haqini hisoblashda amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda hisobga olinadi.
Agar siz “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida qatnashmasangiz:
Oʻqituvchi oʻquv yili davomida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida uzrli sabablarga (mehnatga layoqatsiz boʻlgani, xizmat safarida boʻlgani va qonunchilikda belgilangan boshqa holatlar) koʻra 12 soat qatnashmagan taqdirda unga “Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasida tashkil qilingan maxsus oʻquv kursida malaka oshirish orqali zarur bilim va koʻnikmalarni egallash uchun imkoniyat beriladi.
Oʻqituvchi oʻquv yili davomida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida 12 soat uzrli sabablarsiz qatnashmagan taqdirda uning “Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasida tashkil qilingan maxsus oʻquv kursida shartnoma asosida malaka oshirishi talab qilinadi.
Oʻquv yili davomida uzrli sabablarsiz qatnashmagan va “Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasida tashkil qilingan maxsus oʻquv kursida malaka oshirmagan oʻqituvchiga nisbatan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda taʼsir choralari qoʻllaniladi.