Muntazam maktabga bormaydigan o‘quvchilarning ota-onasiga qanday chora ko‘riladi? - Ta’lim / Образование

Muntazam maktabga bormaydigan o‘quvchilarning ota-onasiga qanday chora ko‘riladi?

Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolalarining umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim yoki boshlang‘ich professional ta’lim olishini ta’minlashi, bolalarining o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishini ta’minlash va o‘zlashtirishi ustidan nazoratni amalga oshirishlari shart («Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 51-moddasi).

учитель узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-moddasiga muvofiq ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi 340 ming so‘mdan 1 mln 700 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.



Ushbu huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, 1 mln 700 ming so‘mdan 3 mln 400 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish 3 mln 400 ming so‘mdan 5 mln 100 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



Ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, 5 mln 100 ming so‘mdan 8 mln 500 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish fuqarolarga 2 mln 380 ming so‘mdan 3 mln 400 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 3 mln 400 ming so‘mdan 5 mln 100 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga 3 mln 400 ming so‘mdan 5 mln 100 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa, 5 mln 100 so‘mdan 6 mln 800 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.