Yangi o‘quv yilidan CHQBT fani haftasiga ikki soatdan o‘qitiladi - Ta’lim / Образование

Yangi o‘quv yilidan CHQBT fani haftasiga ikki soatdan o‘qitiladi

Bunda tayanch oʻquv rejada 10-11-sinflarga haftasiga bir soatdan qoʻshimcha yuklama kiritiladi.

Maktab bitiruvchilari bilan harbiy poligonlarda amaliy otish mashg‘ulotlari o‘tkaziladi

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi “Oʻq otish sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-381-sonli qarori bilan maktablarga harbiy poligonlardan foydalanishga ruxsat berildi.

Qarorga koʻra, 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta talim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻquv dasturlari doirasida “Oʻqotar va pnevmatik sport qurollarining taktik-texnik tavsiflari” amaliy mashgʻulotlari kiritilishi belgilandi.



Yaʼni, endilikda maktab oʻquchilari qurol otish boʻyicha amaliy mashgʻulot oʻtaydilar.

Bunda oʻqotar va pnematik sport qurollarining taktik-texnik tavsiflari boʻyicha amaliy mashgulotlarni tashkil etishda, umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga oʻzlariga biriktirilgan harbiy qism, muassasalar, harbiy poligonlarning doimiy joylashuv joyidagi oʻquv-moddiy bazasidan begʻaraz asosda foydalanishlariga ruxsat etiladi.