Pedagoglarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bo‘yicha xat tasdiqlandi - Ta’lim / Образование

Pedagoglarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bo‘yicha xat tasdiqlandi

Pedagoglar va boshqa xodimlarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari bo‘yicha qo‘shma xat tasdiqlandi.

Pedagoglarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bepul amalga oshirilishi lozim

Iqtisodiyot va moliya, Sog‘liqni saqlash hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan qo‘shma xatda “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonunga (7-modda) binoan, pedagoglar uchun tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tish huquqi berilgani ma’lum qilingan.



Hududiy boshqarmalarga majburiy tibbiy ko‘rikni pedagoglar uchun bepul tashkil etish topshirig‘i berilgan.