O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan bir necha kun dam olishadi?
Prezident farmoniga ko‘ra, 31 avgust – dushanba kuni ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilangan.
Shunga muvofiq, haftasiga 5 kun ishlovchilar Mustaqillik bayramida ketma-ket to‘rt kun (29 avgust – 1 sentyabr), 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun (30 avgust – 1 sentyabr) dam oladi.
29 avgust, shanba – odatiy ish yoki dam olish kuni
30 avgust, yakshanba – odatiy dam olish kuni
31 avgust, dushanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni
1 sentyabr, seshanba – Mustaqillik bayrami kuni
2 sentyabr, chorshanba – barcha uchun odatiy ish kuni.





