Navbatdan tashqari attestatsiya uchun to‘lov miqdori qancha? - Ta’lim / Образование

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun to‘lov miqdori qancha?

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun to‘lov miqdori qancha? Ushbu savolga pedagog kadrlar attestasiyasi telegram kanalida javob berildi.

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun to‘lov miqdori qancha?

Savol: Navbatdan tashqari attestatsiya uchun to‘lov miqdori qancha?

Javob: Nizomning 21-bandi: Pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.



To‘lovlar miqdori:

a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi (2025 yil 1 avgustdan boshlab 412 ming so‘m)

b) pedagog.uzedu.uz – platforasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (2025 yil 1 avgustdan boshlab 370 ming 800 so‘m)

c) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda,murojaat etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (2025 yil 1 avgustdan boshlab 370 ming 800 so‘m)

📌 To‘lovlar attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi. Ya’ni, “navbatdan tashqari attestatsiya” turi tanlanganda har bir pedagog uchun to‘lov to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar ko‘rsatilgan xabarnoma (kvitansiya) yuboriladi. To‘lovlarni shu kvitansiyada ko‘rsatilgan invoys raqamiga o‘tkazish kerak bo‘ladi!



Invoys raqami nima?

Invoys raqami – bu har bir aniq hisob-fakturaga (to‘lov xabarnomasi) uni kuzatish va hisobga olish uchun berilgan noyob identifikatsiya raqami. Bu sotuvchi va xaridorga hujjatlarni boshqarishda yordam beradi va to‘lovlarni amalga oshirishda aniqlikni ta’minlaydi. Hisob raqami, qoida tariqasida, hujjatning o‘zida ko‘rsatiladi va keyinchalik bitimni aniqlash uchun ishlatiladi.

Savol: To‘lovni invoys raqami orqali qiling deyishyapti. Invoys raqamini qayerdan olish mumkin?

Javob: Invoys raqami to‘lov xabarnomasi (kvitansiya)da yozilgan bo‘ladi.

Invoys raqami nima

To‘lov xabarnomasi (kvitansiya)ni har bir pedagog shaxsiy kabinetidan yuklab olishi mumkin.

Shaxsiy kabinet murojaati muvaffaqiyatli yuborilgan pedagoglar uchun ochiladi.

Shaxsiy kabinetga murojaat yuborishda ishlatilgan telefon raqamiga yuborilgan login va parol orqali kiriladi.