Malaka test natijalaridan norozi pedagog kadrlar apellyatsiya berishlari mumkin.
Malaka toifasi test sinovlarida ishtirok etgan pedagoglar pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali onlayn shaklda apellyatsiya yuborishi mumkin.
Apellyatsiya yuborish uchun “Apellyatsiyalarim” bo‘limiga kirib Apellyatsiya yuborish tugamasini bosish kerak bo‘ladi. Quyidagi rasmda kichik qo‘llanma keltirilgan.
❗️Eslatib o‘tamiz: Har bir pedagog test sinovi tugagan vaqtidan boshlab 10 kun muddatda apellyatsiya yuborishi mumkin.