Musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari ham attestatsiyada ishtirok etadi - Ta’lim / Образование

Musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari ham attestatsiyada ishtirok etadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida musiqa madaniyati fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi.

Musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari ham attestatsiyada ishtirok etadi

Unga ko’ra, 2025-yil 1-martdan boshlab musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun nazariy va amaliy taʼlim asosida malaka oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy (ijodiy) imtihon Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilishi belgilangan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2024-yil 15-noyabrdagi “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida jismoniy tarbiya fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-392-son qarorida quyidagilar belgilangan edi:



– Maktabgacha va maktab vazirligi Sport vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga malaka toifalari berishning yangi tartibini ishlab chiqishi.

Bunda malaka toifasini berish quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqich — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari;



ikkinchi bosqich — Sport vazirligi tomonidan belgilangan sport maktablarida tashkil etiladigan amaliy imtihon.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sport vazirligi, Bilim va malakalarni baholash agentligi 2025-yil 1-iyulga qadar jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etish chorasini koʻrish belgilangan.